Mavzu: Elektron jadvallarning maqsadi va vazifalari. Ms excel interfeysi va uning konfiguratsiyasi Reja



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə3/7
tarix14.02.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#123379
1   2   3   4   5   6   7
Ms excel dasturining interfeysi bilan ishlash ms excel dasturida

EXCEL menyusi bilan ishlash
EXCEL ekranining yuqori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo’ljallangan uning menyusi joylashgan.

Excel dasturining menyusi Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Dannыye, Okno, ? bo’limlaridan iborat. Menyu bo’limi bilan ishlash uchun «sichqoncha» ko’rsatkichi shu bo’limga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada, ekranda vertikal holatda shu menyu bo’limining buyruqlari paydo bo’ladi va kerakli buyruq tanlanadi.
Excel menyusi bo’limlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz:
Fayl bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi elektron jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish (Sozdat), xotiradagi faylni ekranga chaqirish (Otkrыt), joriy faylni yopish (Zakrыt), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan (Soxranit) yoki foydalanuvchi o’zi hohlagan nom bilan (Soxranit kak...) fayl ko’rinishda diskda saqlash, sahifalar parametrlarini o’rnatish (Parametrы stranisы), faylni printerda chop qilishdan oldin sahifalarda qanday joylashganligini ekranda ko’rish (Predvaritelnыy prosmotr), faylni printerda chop qilish (Pechat), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Pravka bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalning biror bir bo’lagini qirqib olish (Vыrezat) yoki nusxa ko’chirish (Kopirovat), qirqib olingan jadval bo’lagini kerakli joyga qo’yish (Vstavit), jadvalni to’ldirish (Zapolnit), jadval yacheykasini tozalash (Ochistit), yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish (Udalit), jadval varaqlarini o’chirish (Udalit list) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Vid bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida sahifa o’lchamlari, sahifaga belgi qo’yish, formulalar yozish uchun maxsus bo’limlar bilan ishlash, asboblar uskunalarni olib tashlash yoki o’rnatish, jadval masshtabini berish kabi ishlarni bajarish mumkin.
Vstavka bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalga satr yoki ustun bo’yicha yacheyka qo’shish (Yacheyki), jadvalga ustun (Stolbsы) yoki satr (Stroki) qo’shish, diagramma hosil qilish (Diagramma), rasm qo’yish (Risunok), funksiyalar bilan ishlash va hokazo bir qator amallarni bajarish mumkin.

Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin