Ms excel dasturining interfeysi bilan ishlash ms excel dasturida
3.Ishchi kitobida satr va ustunda amallar bajarish Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak.
Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “+” (qo’shish), “-” (ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.” (nuqta) (sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) simvollaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.
Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi. Bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt “=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida
= A5+ 4*V6
formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5 yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi.
Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish);
- (ayirish);
* (ko’paytirish);
/ (bo’lish)
^ (darajaga ko’tarish).
Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi. Masalan: =V1+V5 – bu formula, V1+V5 – bu matnli ma’lumot.
Foydalanuvchi yacheykaga ma’lumotlar kiritgandan so’ng, ular ustida quyidagilarni bajarish mumkin.
o’chirish;
almashtirish;
tahrir qilish.
Yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish uchun uni aktivlashtirish, so’ngra, [Delete] tugmachasini bosish kerak. Agar bir nechta yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish kerak bo’lsa, dastlab, bu yacheykalar belgilanadi (bu «sichqoncha» yoki Shift hamda strelkalar yordamida) va [Delete] tugmachasi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotni boshqasiga almashtirish uchun, yacheyka aktivlashtiriladi va yangi ma’lumot kiritiladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrir qilish uchun «sichqoncha» tugmachasi yacheykada ikki marta bosiladi (yoki F2 tugmachasi) va tahrirlash ishlarini bajarish mumkin.