Elektron darsliklarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: Foydalanish maqsadlariga ko‘ra: jamoa bo‘lib va yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo‘lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo‘lishi kerak, chunki ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (internet yoki intranet) orqali foydalanish mumkin.
Yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar o‘quv materiallarini o‘qituvchining ishtirokisiz o‘rganishga mo‘ljallangan.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin.