O‘quv materiallarini taqdim etish bo‘yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma'lum bir bo‘limga oid bo‘lgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirmasdan keyingi bo‘limga o‘tishga imkoniyat bermaydi.
O‘quv materiallari va axborotlarni yangilash bo‘yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadiganelektron darsliklar odatda, elektron o‘quv bazalariga (portallar, Web - saytlar va boshqalar) va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.