EOMMdan foydalanishda o'qitishning tizimlitigi va ketma-ketligi talablari - o‘rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko‘nikmalarning ma'lum tizimining ta'lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ketma-ketligini ta'minlanishini bildiradi. Bilim, ko‘nikma va mahorat - ta'lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qo‘llanilishda o‘z o‘rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi:
EO‘MM tavsiya qilgan axborotni, o‘qitishning mazmuni va uslubi ta'lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bog‘liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o‘yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va ob'yektlar modellarini tavsiya qilish yo‘li bilan amaliyot faoliyatga bog‘lanishni ta'minlash.