Kompyuter qo‘llash tamoyili: o‘quv materiallarinmg mohiyatiga e'tibor qaratish maqsadida talaba istalgan vaqtda kompyuter qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday qo‘llash kompyuter yordamida uzundan-uzun hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklar chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda foydalidir.
Yigriluvchanlik tamoyili: elektron darslik (va boshqa o‘quv paket) lari umumiy elektron majmualarga yig‘ish (komponovka qilish), kengaytirish va yangi bo‘lim va mavzular bilan to‘ldirish, shuningdek, alohida predmetlar bo‘yicha elektron kutubxona (masalan, kafedra kompyuter sinflarida) yoki talaba, o‘qituvchi yoki tadqiqotchining (mutaxassislik va o‘qiyotgan kursiga mos ravishda) shaxsiy elektron kutubxonasini shakllantirish imkoniyatini beradigan formatda bajarilgan bo‘lishi kerak.