2-bosqich. EO‘MM tuzilmasini ishlab chiqish (o‘quv materialining o‘quv elementlariga bo‘linishi va uning tuzilmasini ierarxiya ko‘rinishida ko‘rgazmali tasvirlashga yo‘naltirilgan o‘quv materiali mazmunining modelini ishlab chiqiladi).
3-bosqich. EOMMning barcha komponentlaridan sahnalari va elektron versiyalarini yaratish (EO‘MM komponentining sahnasi bu - ta'lim bosqichining mazmuni va uning jarayonli qismining turli darajadagi va vazifadagi dasturli tuzilmalar doirasida kadrlar bo‘yicha taqsimlanishidir. Jarayonli qism mazmuniy qismini ochib berish va namoyish qilish uchun monitor ekranida tasvirlanishi zarur bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Har bir mavzu bo‘yicha sahnalar yaratiladi hamda alohida nazariy ma'lumotlarga, laboratoriya va amaliy ishlariga, seminar mashg‘ulotlariga fayl (1-
mavzu-ma’ruza.doc, 1-mavzu-laboratoriya.doc, 1-mavzu-seminar.doc, 1-mavzu-
test.doc) yaratiladi).
4-bosqich. EO‘MM barcha komponentlari bo‘yicha yaratilgan sahna va fayllarni gipermatn va giperhavola texnologiyalari orqali dastur tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |