Moslashuvchanlik talablari - EO‘MM ta'lim oluvchi individual imkoniyatlariga, ya'ni o‘qitish jarayonida ta'lim oluvchi bilimlari, ko‘nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. EO‘MM
moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi darajasi talabalarning o‘zlariga qulay bo‘lgan individual tempiga mos holda o‘quv materialini o‘rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi darajasi - ta'lim oluvchi holatining diagnostik tahlili hisoblanadi, uning natijalari asosida, ta'lim berishning mazmuni va uslubi taklif etiladi. Uchinchi darajasi - ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda
foydalanuvchilarning guruhlanishi ko‘zda tutilmaydi va mualliflar ta'lim oluvchilarning imkoni boricha ko‘proq kontingenti uchun, iloji boricha ko‘proq variantlarini ishlab chiqishlari tavsiya etiladi.