Mavzu: Elektron pochta xizmati strukturasi. Elektron pochtada axborotlarni himoyalash


Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.01.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#113950
1   2   3   4   5   6
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi: 

Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar 

xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul 

yordamida ajratiladi. 

Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy 

pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron 

maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham 

bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz 

ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda 

qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat 

yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb kelsa, 

yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan savollaringizga 

qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi.  

Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi. 

Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta 

qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. 

Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning soni va o‘lchami 

qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi. Mayl.ru pochta xizmatidan 

odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, bu o‘lchamni 

sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb degan havolani 

va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi. Xatga fayl qo‘shib yuborish 

uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni 

ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni 

ko‘rsatib,Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va 

internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa 

ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. Endi xatni 




yuborish mumkin. Xatni yuborish uchunОтправить (Yuborilsin) tugmasi 

bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab qo‘yish mumkin. 

Buning uchun Сохранить (Saqlab qo‘yilsin) tugmasini bosasiz. Yozayotgan xatni 

bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi. 

 

Xat jo‘nab ketgach, Ваше письмо отправлено! (Xatingiz yuborildi!) yozuvi 



paydo bo‘ladi. 

1. 


 

Yuborilgan xatlar ro‘yxati Отправленные (Yuborilganlar) bo‘limida turadi. Bu 

bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi. 



 

Черновики (Xomaki nusxalar) bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar ro‘yxati turadi.  

Спам bo‘limida elektron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar 

saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi 

ham maxsus algoritmlar yordamida baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni 

o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-

qoidalarni o‘zingiz sozlashingiz ham mumkin. 

Корзина (Savatcha) bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, 

butunlay o‘chirib tashlash kabi ishlar shu bo‘limda bajariladi. 

Oyna ostidagi Настройки (Sozlashlar) bo‘limida elektron pochta qutisiga oid 

barcha sozlash ishlari amalga oshiriladi. 

 

Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-



xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin.  


 

Pochtangizni parolini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Sozlashlar 

bo‘limdagi Пароль havolasini bossangiz, kalit so‘zni o‘zgartirish sahifasi ochiladi. 

Bu erda Текущий пароль (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, Новый 



пароль (Yangi parol) va Повтор нового пароля (Yangi parolni takrorlash) 

kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Укажите кодразмещенный на 



картинке degan joyga suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni saqlab 

qo‘yish uchun Сохранить (Saqlab qo‘yish) tugmasi bosiladi. 

 

Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina tegishli 



ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishi mumkin bo‘lgan joydir. 

Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli kimsalardan himoya qilish zarur. 

Shuning uchun ham elektron pochta bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan biri 

qutidan chiqib ketishdir. Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni 

o‘chirib ketsangiz, Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, undan 

foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdan mahrum qilib 




qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun parolni yozib kirganingizda brovzer bu 

parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon rozi bo‘lmang.  

Pochta qutisi bilan ishni yakunlash uchun yuqorida, o‘ng 

tarafdagi Выход (Chiqish) havolasi bosiladi. 

 

 

Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki ma’lumotlar mana 

shulardan iborat! 

 


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin