Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish. Reja



Yüklə 25,43 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü25,43 Kb.
#140436
1   2

Elektr kuchlanish
 — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik. Elektr kuchlarning zanjir qismida birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi shu qism uchlaridagi potensiallar farqi (f,—F2) ga teng . Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi esa zanjirning shu qismidagi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) ye ga teng . SI da Elektr kuchlanish ning birligi volt. Elektr kuchlanishni voltmetr yordamida oʻlchanadi.
Zaryadli zarralarning ko‟chishi elеktr tokini vujudga kеltiradi. Bu hodisada zaryad tashuvchilar turlicha bo‟lishi mumkin. Ba'zi hollarda, masalan, elеktrolitik o‟tkazuvchanlikda yoki siyraklangan gazlarda vujudga keladigan musbat ionlar bo‟lgan zaryadlangan atomlar yoki molеkulalar (ionlar) zaryad tashuvchilar bo‟ladi. Boshqa hollarda tokni elеktronlarning harakati vujudga kеltiradi. Elеktr toki tok kuchi dеb ataluvchi kattalik bilan хaraktеrlanadi. Biror yuzadan o‟tuvchi I tok kuchi shu yuzadan vaqt birligida o‟tuvchi elеktr miqdori bilan o‟lchanadigan fizik kattalikdir.
Kuchlanish va tok kuchi elektr kattaliklarnintg eng muhim tushunchalari sanaladi. Elektr tushunchasi tabiatni kuzatishdan kelib chiqqan. Biz jismlar orasidagi taʼsirni kuzatganimizda gravitatsiyaga oʻxshash masofalar aro taʼsir qiladigan kuchga duch keldik. Bu kuchning manbai zaryad deb ataladi. Elektr kuchlarining eʼtiborli jihati shuki, ular gravitatsiya kuchlariga nisbatan ancha katta boʻladi. Gravitatsiyadan farqli oʻlaroq, zaryad ikki turga boʻlinadi. Turli ishorali zaryadlar oʻzaro tortishadi, bir xil ishorali zaryadlar esa oʻzaro itarishadi. Gravitatsiyaning faqatgina bitta turi bor: tortishish kuchi, itarish kuchi mavjud emas.
Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o'tishini ta'minlaydigan qurilma va ob'ektlarning majmui bo'lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi. Elektr zanjir tushunchasi elektronika va sxemalar fanining tayanch tushunchasidir.
Elektr energiya manbai, iste'molchi va ularni o'zaro birlashtiruvchi o'tkazgichlar elektr zanjirning asosiy elementlari, o'lchash asboblari, ulab-uzgichlar va himoyalash qurilmalari esa uning yordamchi elementlari hisoblanadi. Demak, elektr zanjir elementi bu elektr zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilma bo'lib, u zanjirda aniq funksiyani bajaradi. Elektr zanjirning elementlari shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Elektr zanjirning elementlari va ularni o'zaro ulanishining grafik tasviri elektr zanjirining sxemasi deb ataladi.

Yüklə 25,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin