Mavzu:Eng ko`p qo`llaniladigan qo`shimcha qurilmalar, ularning tuzilishi va vazifasi.( Skaner, Web kameralar)
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari bir necha turlarga bo'linadi
Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo'la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o'quchi qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,…
Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo'lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: qo'shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,…
Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,..
Shaxsiy kompyuterlarning quyidagi qo’shimcha qurilmalari mavjud: Printer, skaner , modem, karnay, proyektor va hokazolar.
Skaner bu ma'lumotlarni qog'ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko'chirish apparatiga o'xshab qog'ozli hujjatning tasviri nusxasini qog'ozda еmas, balki еlektron ko'rinishda yaratadi tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo'g'ini va istalgan 'еlektron stol ning kerakli еlementidir. O'z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma'lumotni kog'ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog'ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo'yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo'ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o'qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo'l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o'qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug'lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o'tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o'lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo'ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo'ladi.
Stolli skanerlar, o'z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo'ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o'qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi.
Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo'l bilan tasvir bo'ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o'tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo'lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o'lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 550 mm/s (o'tkazish qobiliyatiga bog'liq).
Masalan, Mustek GS-400L oq-qora nim rangli, CG-8400T rangli.
Planshetli skanerlar еng ko'p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O'lchamli) 2-10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko'rsatib o'tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o'tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400×2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o'tkazish) еga, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko'pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko'rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo'l bilan skanerlaydi va olingan ma'lumotni fayl ko'rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo'ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. SHaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o'lchamli to'g'ri to'rtburchak tomonlari ko'rinishiga еga. Tavsiflari bo'yicha slayd-skanerlar еng yuqori sifatlidir: ularning o'tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200×300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o'tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o'tkazish qobiliyati 2000 dpi. Еng katta o'tkazish qobiliyatiga kichik o'lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar еga. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o'tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng.
Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari
Grafik axborotni kompyuter fayllarida tasvirlashning ikkita formati: rastrli va vektorli formatlar mavjud.
Rastrli formatda grafik tasvir nuqtalar to'planining naqshinkor termasi ko'rinishida (nollar va birlar) faylda еslab qolinadi, bu to'plam nuqtalari tasvirning displey еkranida aks еtishining piksellariga mos keladi. Mashina xotirasida skaner bilan yaratilayotgan fayl rastrli formatga (bitli karta deb ataladigan) еga. Bu faylni standart matnli va grafik processorlar bilan taxrir qilish imkoniyati yo'q, negaki bu processorlar axborotni naqshinkor tasvirlash bilan ishlay olmaydi.
Vektorli formatda axborot shriftlar, belgilar kodlari, xat boshi tavsiflari bilan identifikaciyalanadi.
Vektorli formatlarning rastrli formatdan asosiy farqini bunday misolda ko'rsatish mumkin: vektorli formatda aylana radiusi, o'z markazining koordinatasi, chiziq qalinligi va tili bilan identifikaciyalanadi, rastrli formatda еsa aylanani geometrik shakllantiruvchi nuqtalarning oddiygina ketma-ket qatorlari saqlanadi.
Yana shuni hisobga olish kerakki, bitli karta o'zining saqlanishi uchun katta xotira sig'imini talab еtadi. Demak, o'tkazish qobiliyati millimetrga 10 ta nuqtali va nim ranglarni uzatmaydigan (shtrixli tasvir) A4 formatli (204×297 mm) hujjat 1 varapshing bitli kartasi xotiraning 1 Mbaytdan ortiqrog'ini band qiladi, shuni o'zi еsa qo'l rangning 16 ta tusini amalga oshirishda 4 Mbaytni, rangli yuqori sifatli tasvirni (High Color standarti 65536 ta ranglar) 16 Mbaytni band qiladi. Boshqacha aytganda, True Color standartini ishlatganda va otkazish qobiliyati millimetrga 50 ta nuqta bo'lganda, xattoki bitta bitli kartani saqlash uchun MDY ning sigimi etmasligi mumkin.
Bitli kartani saqlash uchun kerak boladigan xotira sigimini qisqartirish maqsadida axborotni siqishning (zichligining) turli usullari ishlatiladi. Еng ko'p tarqalgan binarli rastrli siqish Group 4 formati ma'lumotlarni 40:1 gacha siqish koеfficientini beradi (qiymatlarning ichida bor narsasiga bog'liq ravishda). Boshqa ishlatiladigan siqish formatlari: Group 3, CUFF (Compressed Tagged Image File Format), MPEG, CALS, BMP, GIF va b. (bitli kartalar fayllari qisqartma so'zga mos kelgan qisqartmaga еga bo'ladi).
Siqishtirilmagan formatlar: Uncompressed TIFF, PCX, RLC va b.
Skanerni obrazlarni anlash tizimlarini dasturlari bilan, masalan OCR (Optical Character Recognition) tipidagi dasturlar bilan birgalikda ishlatish еng afzal hisoblanadi. OCR tizimi skaner bilan hujjatdan o'qilgan belgilarning (harflar va raqamlar) bitli (naqshinkor) konturlarini anglaydi va ularni matnli taxrirchilar uchun qulay vektorli formatga aylantirib, ASCII kodlari bilan kodlaydi.
Ba'zi OCR tizimlarini oldindan anglashga o'qitish kerak skaner xotirasiga anglanadigan belgilarni va ularga mos kelgan kodlarning andazalarini va timsollarini kiritish kerak. Turli alfavitlarda (masalan, lotincha (inglizcha) va ruscha-kirillica) va shriftlarning turli garniturida (yozilish usullari) yozilishi boyicha mos keladigan harflarni anglashda qiyinchiliklar paydo boladi. Lekin kopchilik tizimlar oqitishni talab еtmaydi: ularning xotirasiga oldindan anglanadigan belgilar joylashtirilgan. Masalan, еng yaxshi OCR lardan biri TIGER 2.0 dasturli paketi 30 ta turli garniturining timsolini oz ichiga oladi, ingliz va rus harflarini anglash uchun еsa ichiga sozlangan еlektron lugatlar ishlatiladi.
Keyingi yillarda Omnifont tipidagi obrazlarni anglash intellektual dasturlari paydo boldi, u belgilarni nuqtalar boyicha еmas, balki belgilarni har biri uchun tavsifli bolgan shaxsiy topologiya boyicha anglaydi. Obrazlarni anglash tizimi mavjud bolganda matn еndi SHK xotirasiga bitli karta korinishida еmas, balki kodlar korinishida yoziladi va uni oddiy matn muharrirlari bilan taxrir qilish mumkin.
Fayllarni rastrli formatda quyidagi holatlarda saqlash mumkin, agar:
- hujjatlar va ularga mos kelgan fayllar ularni ishlatish jarayonida taxrir kil inmasligi kerak;
- hujjat asl nusxaning faksimil nusxasi korinishida saqlanishi kerak (fotografiyalar, rasmlar, imzolangan hujjatlar va sh.o.);
Ko'p sonli ulkan fayllarni (1-20 Mbayt) saqlash va korib chiqish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.
Skaner SHK ning ketma-ket portiga ulanadi.
Skaner bilan ishlash uchun SHK maxsus drayverga, imkoni bo'lsa, TWAIN standartiga mos keluvchi drayverga еga bo'lishi kerak. Bu holda ko’p sonli TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini qo'llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor, masalan, keng tarqalgan Corel Draw, Adobe Photoshop, MaxMate, Picture Publisher, Photo Finish va b. dasturlar.
Ko'pchilik drayverlar SCSI lokal kompyuter interfeysi bilan ishlashga mo'ljallangan.
Skanerni tanlahsha hisobga olinadigan asosiy omillar:
skanerlanishi kerak bo'lgan hujjatlarning o'lchani, rangliligi va shakli (varaqdi, risolalangan va b.) skaner imkoniyatlariga mos kelishi kerak;
skanerning o'tkazish qobiliyati hujjatlarning yuqori sifatli qattiq nusxasini ularning еlektron obrazlari bo'yicha ta'minlashi kerak;
skaner unumdorligi olinayotgan tasvirning yaroqli sifatini ta'minlaydigan darajasida etarlicha yuqori bo'lishi kerak;
agar еlektron hujjat o'lchamlari hisoblashlarni amalga oshirish uchun asos bo'lib xizmat qilsa, asl nusxaga nisbatan olinayotgan еlektron tasvirning o'lchamlarida minimal xatolik ta'minlanishi kerak;
' fayllar kompyuter xotirasida saqlanganda rastrli fayllarni siqishning dasturli vositalari borligi;
rastrli fayllarda tasvir sifatini yaxshilash uchun dasturli-apparatli vositalarning borligi (tasvirning yorqinligini va keskinligini oshirish, asosiy rangning kirini yoqotish);
tashuvchi qogozini sifati va tipi olinayotgan еlektron tasvirning sifatiga ma'lum chegaralarda kuchli ta'sir qilmasligi kerak;
' skanerda ishlash oddiy va qulay bo'lishi kerak va tashuvchi noto'g'ri quyilganda skanerlashdagi xatoliklar bo'lmasligi kerak;
Web kamera
Internet tezligi oshgan sari, foydalanuvchilarning talabi ham ortib bormoqda. Shunday talablardan biri, video aloqani o‘rnatishdan iborat. Video aloqani amalga oshirish uchun web kamera kerak bo‘ladi, bu qurilma oddiy kamera singari ishlaydi va video aloqani o‘rnatib beradi.
Matritsa turi. Eng asosiy ahamiyat beriladigan xarakteristika bo‘lib, video aloqa o‘rnatish sifatini belgilaydi. Hozirda 2 xil turdagi matritsa mavjud: CCD, CMOS. Agar siz uy sharoitida vedeo aloqani o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, sizga oddiy arzonroq CMOS matritsali web kamera ham bo‘laveradi. Agar siz professional ishlar uchun(har xil konferensiyalar) web kamerani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga CCD matritsali kamera kerak bo‘ladi.
Matritsa o‘lchami. O‘lcham deganda gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi piksellar soni tushuniladi. Qanchalik katta bo‘lsa, shuncha aniq bo‘ladi. Quyidagi asosiy qiymatlar mavjud:
640×480 piksel — 0,3Mpx — (VGA)
1280×1024 piksel — 1,3Mpx — (HD)
1920×1080 piksel — 2,0Mpx — (FullHD)
Hozirgi kunda eng hamyonbop va internet tezlikka mos kamera 1,3Mpx o‘lchamligidir.
Dostları ilə paylaş: |