Sezish qobiliyati. Bu xarakteristika qanchalik yorug‘ bo‘lganda, kamera olishi yaxshi bo‘lishini belgilaydi. Bu matritsa turiga bog‘liq, agar sizning matritsangiz CCD tipida bo‘lsa, biroz yorug‘ bo‘lsa ham, yaxshi sifatda oladi. Agar CMOS matritsa bo‘lsa, vide oaloqa yaxshi bo‘lishi uchun, yorug‘roq xona bo‘lishi lozim. Bu parametr «lux«da o‘lchanadi.
Soniyadagi kadrlar soni. 1 soniyada qancha kadr olishi. Video, rasmlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgani uchun, soniya davomida o‘tadigan rasmlar soni ko‘proq bo‘lishi kerak. normal holat uchun, soniyada 30 ta kadr o‘tishi kifoya qiladi, undan pasti har xil surilishlar bilan video hosil qilishi mumkin, odatda bu xarakteristika chastotada o‘lchanadi va «fps» ko‘rinishida kameraga yozilgan bo‘lishi ham mumkin.
Fokusirovka. Ob’yektdan kameragacha bo‘lgan masofani aniqlash, odatda bu xarakteristika avtomat bo‘ladi.
Interfeys. Odatda web kameralar USB port orqali ulanadi. Ulanadigan simning uzunligi kamida 1.5 metr boladi.
Barcha web kameralar Windows operatsion tizimi bilan bemalol ishlay oladi. Ba’zi bir Web kamerada qo‘shimcha mikrofoni ham bo‘ladi. Ba’zi web kameralarda o‘z effektlari bo‘ladi. Bu qo‘shimcha xarakteristika bo‘lib, agar kerak bo‘lsa, shundaylarini ham topishingiz mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlar. Web kameralarda har xil effektlar, ZOOM, yaritishlarni ko‘paytirish, ranglarni moslash va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda quyidagi asosiy firma wyeb kameralari mavjud: Philips, A4Tech, Oklick, Ritmix, Hercules, HP, Microsoft, Axis, Canyon, Prestigio, MSI StarCam, Chicony, Logitech, Genius, Creative.
Dostları ilə paylaş: |