Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 25,57 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#137255
Mavzu. УЗ-ПЕД



Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
Reja:
1. 
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya.
2. XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus pedagog olimlarining pedagogik g’oyalari.
3. Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
4. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSH, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari.
5. K. D. Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. Asosiy tushunchalar: Mirzolar maktabi, Gimnasiy maktabi, Efeb maktabi, Buyuk didaktika, didaktik prinsiplar, harakatlar pedagogikasi, didaktik qarashlar, pedagogik meros
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari o’qishgan. «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarning quyi sinflarida Maktablarning yuqori sinflarda til, adabiyot, grammatika, matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya va diniy fanlar Misrda o’qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham o’qiganlar. Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich maktablarga bolalar 5 -6 
yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan. Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar» da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi» ,
• Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7 -18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish sakrash madaniyat nayza otish qisqa so’zlashuv qo’l bilan jang qilish musiqa darsi.

Spartada 18 -20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» guruhda bolalarga harbiy ta’lim ular harbiy xizmatni o’taganlar. Spartada Efeblar qadimgi Yunonistonda balog’atga qizlar tarbiyasi yetgan o’spirinlar alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan qizlar birga qo’shib o’qitilgan.


Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar haqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi. «Kreptiyalar» da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi.Afinada esa xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix taraqqiy etgan edi.
Haykaltaroshlik, san’at, me’morchilik Afinada "grammatist", "polestra" "efeb", "gimnasiy", "demos" kabi maktab turlari mavjud edi. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga o’rgatilga, xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13 -14 yoshgacha «grammatist» , (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan. Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. • «Efeb» maktabida 18 -20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Aholining ko’pchiligi bolalarini maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar edilar.
Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari xat savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.Suqrot er. av. (469 -399 y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha 
tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Platon er. av. (424 -347) yillarda yashagan. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo’lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo’lishi lozim.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, hukmron guruxlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar raxbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi. 7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o’qish, yozish, xisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi. 12 -16 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni o’rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o’qitadigan maktablarda, 18 -20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi. Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli va iqtidori bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o’taydilar. Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi. Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Arastu av. (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0 -7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14 -21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. Uning fikricha, bolalar 7 
yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go’dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya birbiri bilan uzviy bog’langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang’ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishlari lozim deydi. Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o’xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb xisoblaydi. Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi.
Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi. Demokrit er, av, (460 -370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan olim bo’lib, u "Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. «Ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni xosil qiladi» deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko’rsatib berganligidadir.Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan. Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora» , 1 -qism, 3, 8 -betlar). Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya xattiharakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachipedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi. Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi.
Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi, so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.
Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi Asarlari Yaratilgan yillari “Chex didaktikasi” chex tilida asarini yozishga kirishdi va “Buyuk didaktika” deb ataydi. 1627 1632 -38 Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1631 “Astranomiya”, 1632 “Onalar maktabi” 1632 “Lotin tilining muqaddimasi” 1648 “Latinizm zali” 1648 “Tillarining engi yaxshi metodi” 1648 “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” 1660 “O'yin kitobi" asarini tuzadi. Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor:Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o'qitish mumkin”. 1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan turib boshlash kerak. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik kerak. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Komenskiy didaktik prinsiplar 1. Onglik va faollik. 2. Ko'rsatmalilik. 3. Izchilik va tizimlilik. 4. 
Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. “Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.
XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari Reformatorlik pedagogikasining asosiy yo’nalishlari: 1. Mehnat maktablari tarafdorlarining harakatlari. 2. Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy tarbiya. 4. Individual pedagogika. 5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi. Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari: 1. Ishlab chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. Tabiiy-matematik kadrlar jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj.
Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi: 1. Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qonoqtirishi zarur: idrok etish va ijod qilish. 2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. Ko’pchilik bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish maydoni. 4. “Faqat kitob emas, balki ijodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos ettuvchi”. 5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha laboratoriyalarda, metal, daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli • K. D. Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. • Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. • K. D. Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. • Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi.
Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Maktab va jamiyat”. • “Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj. Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862 -1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni formallashtirish metodlari: amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, 
ashula aytish, sport, raqs tushish. Asari: “Harakat maktabi.• K. D. Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. • Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. • K. D. Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. • Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi.
Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo’yidagilar: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomillashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi: 1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3 -4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi 
izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr.
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so’ng Yekaterina hukumati tomonidan davom ettirildi.
Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga intildi.Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida 3 ta xonlik – Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo’qon xonliklari bo’lib, bular o’rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog’istonni o’zlariga tobe qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali 1864 yilda Turkmaniston, CHimkent, Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867 yilda YEttisuv viloyati, 1868 yilda Samarqand, 1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya qo’liga o’tdi.1876 yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risida buyruqqa imzo chekdi. 1885 yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o’tdi va o’lkada Turkiston general gubernatorligi tashkil etiladi.
Markaziy Osiyo mustamlaka davlatiga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida kurashni avj oldirdi.CHor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy merosi, qadriyati va g’ururidan mahrum bo’la boshladi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman imperatorga yo’llagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Inqilobdan oldin masjid va madrasalardagi kitoblar, noyob qo’llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. Bunday hatti-harakatlardan g’azablangan Abdurauf Fitrat xalqqa qarata: «Ey ulug’ Turon, arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? Holing qalaydur! Ey Temurlarning, O’g’uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qulliq chuqurlariga nedan tushding!» qabilidagi jangovar shiorlari bilan xitob qilgandi.O’lkada yuz bergan bu voqiliklar ilg’or ziyolilarning faoliyatida ham o’z ifodasini topdi. Ular o’lkada chor ma’murlari qo’llagan jabr-zulmlariga qaramay ilm-fan va madaniyatning umumiy rivojiga o’z hissalarini qo’shdilar. Ular o’zlaridan oldin o’tgan ulug’ mutafakkirlarning 
insonparvarlik, pedagogik fikr, g’oyalarini davom ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy, Avaz O’tar, Zavqiy, Saidahmad Siddiqiylarning ijodida ko’rish mumkin.Turkiston o’lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti.XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.
Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.
Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.
Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi.
Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil).
Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
Qorixona - Qur’on yod olingan.

Madrasa.Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.Mustamlaka ma’muriyati mashg’ulotlar o’rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi choralar ko’rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o’rganishga ko’proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilindi.

Eski maktablarda ham ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o’rgatish joriy qilindi, qizlarga o’qishni o’rgatish bilan birga yozishni ham o’rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra o’zbek maktablari hayotida katta siljish ro’y berdi.
XX asr boshlariga kelib, Turkiston o’lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar:

Buxoroda – 80, Qo’qonda – 40, Samarqandda – 22, Marg’ilonda – 28, Toshkentda -17, %evaREonligidaR, Xeva xonligida – 130 mavjud bo’lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi.1906 yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o’qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.Umuman olganda Turkiston o’lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo’lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayyid Muhammad Rahimxon Bahodirxonni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o’z 
saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o’qituvchisi va Mirzo. Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug’ullandilar.Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo’shayev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.Husayn Qo’shayev 1906-1907 o’quv yilida xonlikdagi ilg’or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, Xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag’ ajratib berdi.Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo’shayevning turmush o’rtog’i Komila Qo’shayeva qizlarga bilim bera boshladi.1909 yilga kelib Feruz quli ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o’rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o’qitish usulini o’rganib kelishi maqsadida safarga jo’natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.Mazkur maktab o’quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo’g’rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o’qitish belgilanadi. Mashg’ulot jarayonida SHarq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy SHeroziy, Mashrab, So’fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o’rganildi. SHuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.«Litografiya» - yunoncha so’z bo’lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o’zbek tilida toshbosma tarzida qo’llanib kelingan.Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning «Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, SHermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, YOqubxo’ja ibn Ibrohimxo’janing «Devoni Xolis» to’plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o’nlab asarlar nashr etilgan.Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma’murlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko’chirib keltiradi. Farg’ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatdagi (shaharlar) mahalliy dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday hatti-harakatlaridan g’azablangan atoqli shoir CHo’lpon «Hazon» sarlavhali she’rida qahr ila yozgandi:
Ay, savuq ellardan muz kiyib kelganlar,
U qo’pol tovushingiz qirlarda yo’q bo’lsun!Ey, manim bog’imdan mevamni terganlar,
Qop-qora boshingiz yerlarga ko’mulsun!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hoshimov K. , Nishonova S. , Inomova M. , Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T. : O’qituvchi, 1996.
2. Hasanboev J. , Hasanboeva O. , Homidov H. Pedagogika tarixi. – T. : O’qituvchi, 1997.
3. Ataeva N. , Rasulova F. , Hasanov S. Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi). – T. : “Fan va texnoligiya”, 2011.
4. Pedagogika tarixidan xrestomatiya //Ped. oliy bilimgohlari talabalari uchun o’quv qo’ll. Tuzuvchi-muallif: O. Hasanboeva. – T. : O’qituvchi, 1992. Xadjaev B. X. Umumiy pedagogoka nazariyasi va amaliyoti. T. : 2017. www.

tdpu. uz; www. pedagog. uz; www. ziyonet. uz www. edu. uz; www. istedod. uz
Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin