Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud
Uning obyektiv tomoniga fanning predmeti, shu fanning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa, subyektiv tomoniga shu fanni o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirilishi kiradi. Undan tashqari, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, individual metodik tamoyillar, uslublar va uni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash ham shu muammoga kiradi.
O‘quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda mutaxassis tayyorlash bilan birga, yoshlarga yetuklik, axloqan poklik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik ruhini ham singdirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.
O‘qituvchining shaxsi, psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi dars berish metodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bir metodni qo‘llash turli o‘qituvchilar darsida turlicha natija berishi mumkin.
Dars berish metodlarining samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o‘qituvchining shaxsiy sifatlaridan uning ilmiy-uslubiy tayyorgarligi darajasini ajratib bo‘lmaydi.
Dars berish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.
Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud
Dars berishning obyektiv tomoniga o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rganilayotgan fanning mazmuni, dars o‘tish tamoyillari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |