O‘qituvchi (oratorlik) - ma’ruza o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi (oratorlik) - ma’ruza o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida talabalarni o‘z fikriga mahliyo qilish, o‘zini qanday tutishni bilish qobiliyati bo‘lsa, u haqiqiy talant so-hibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir so‘zni qanday aytishni avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.
O‘qituvchining butun faoliyatida samimiylik, o‘ziga ishonch muhim ahamiyatga ega. O‘quv-tarbiya faoliyatida qo‘llaniladigan metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga qaratilgan. Bu o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida ishchanlik muhitini yaratishda o‘z ifodasini topadi. Bunda o‘quvchining fikri o‘qituvchi bilan birga kechishi yoki ozgina orqada qolishi yoki ozgina oldinga o‘tib ketishi mumkin.