O‘qituvchi auditoriyani ko‘rishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerak
-O‘qituvchi auditoriyani ko‘rishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerak. Talaba ham, o‘z navbatida, o‘qituvchi uni ko‘rib, nima qilayotganini bilib turishini his qilishi kerak.
-O‘qituvchi darsni zerikarli bo‘lmasligiga harakat qilishi, o‘z ma’ruzasiga talaba ko‘zi bilan ham qarashi lozim. Ana shunda o‘zini kamchiliklari, dars o‘tishda qo‘llayotgan uslubi to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini tez ilg‘ab oladi. O‘z ishiga ijodiy yondashish, undan tashqari o‘quvchilar hayotini yaxshi bilish, ularni qiziqtiradigan masalalarni yechishga yordam beradi.
-Bir so‘z bilan aytganda, metodika o‘qituvchi uchun chuqur, qiziqarli, tushunarli tarzda bilim berish asosidir.
Dostları ilə paylaş: |