Informatika o‘qitish metodikasi
Informatika o‘qitish metodikasi – informatikani o‘quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o‘quvchilarga uni o‘rgatish jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Informatika o‘qitish metodikasi
Informatika o‘qitish metodikasi – fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O‘zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo‘lib, o‘rta umumta’lim maktablarida “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” predmetining kiritilishi bo‘ldi. O‘zbekistonda informatika o‘qitish metodikasi dastlabki ilmiy izlanishlar prof. M.Z. Ziyoxo‘jayev, A.A. Abduqodirov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada ma’lum yutuqlarga ham erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yangi bo‘g‘in, ya’ni O‘MKHT ni kiritilishi bilan informatika o‘qituvchilari uchun informatika o‘qitish metodikasini yaratish vazifasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi. Informatika o‘qitish metodikasida quyidagi asosiy masalalar ko‘riladi va hal etiladi:
informatika o‘qitishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
o‘quv predmeti sifatida informatika o‘quv predmetining mazmunini nimalar tashkil etishi kerak?
informatikadan o‘quv materiali o‘quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazilishi kerak?
informatikadan o‘quv materialini to‘liq va chuqur o‘rganish uchun ta’limni tashkil etishning qanday shakllaridan, amalga oshirish uchun esa qanday metod va vositalaridan foydalanish lozim?
Dostları ilə paylaş: |