Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Reja
Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Reja:
1.
Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi.
2.
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
3.
Faoliyatning
asosiy turlari
4.
Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.
5.
Xulosa.
6.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi
Faoliyat bu anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy)
harakatlar yig‘indisiga aytilib, faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani
bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni
yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning
psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkim. Faoliyat muvaffaqiyatini
ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat obyektiv xossalarni aks ettirishi,
qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim. Uchinchidan,
faoliyat
shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan
ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash
lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish
jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish
juda mushkul.
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: tananing
fazoviy holati, qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), joy almashish (yurish-yugurish), aloqa
vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; ifodali sa’i– harakat
(imo-ishora, pantomimika), bma’noli ishora, nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–
harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan
tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush
paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan
harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu
hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: kitobni
olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi,
avtomobilni haydash
velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, ellik kilogramm shtangani
ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, kartonga katta shaklni
joylashtirish, qiyin kechadi.Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo‘lishiga
qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi sa’i–
harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qo‘yadi.
Ushbu voqelik
rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida isbotlab berilgan.
Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i – harakat vazifasi
bilan emas, balki mazkur sa’i–harakat ro‘y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin.
Mushaklar bu o‘rinda sa’i– harakatlarning yo‘nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat
qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi.
Malaka
faoliyat tarkibida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar
bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni
tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi.
Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi
va ahamiyatini anglash;
b) harakat namunasini esda olib qolish;
v) malaka namunalarini ko‘p marta bajarish, mashq qilish;
g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi,
xatolar kamayadi;
d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari
tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish