Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Reja



Yüklə 219,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix20.11.2023
ölçüsü219,89 Kb.
#133384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4- Faoliyatning o\'zgarishi

ko‘nikma
deyiladi. Malaka turli yo‘llar bilan ko‘rsatish, tushuntirish, ko‘rsatish va tushuntirishni 
qo‘shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin Har bir ko‘nikma va malaka odamning o‘z 
tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, 
ko‘nikmalarning ayrimlari kishining ko‘nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam 
beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko‘nikmalarni o‘zgartirib boradi. Bu 
hodisa psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deyiladi. 
Faoliyatning asosiy turlari, oyin faoliyatining mazmuni, mehnat faoliyati mazmuni, talim 
faoliyati mazmuni.
Inson faoliyati asosan uch turga bo‘linadi: 
o‘yin, mehnat, ta’lim
faoliyati. Bu faoliyat turlari bola 
shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘yin narsa va hodisalarning mazmunini 
bolaning o‘z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. 
Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Ta’lim faoliyati 
o‘yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma’lum axborotlarni, 
bilimlarni, harakatlar va amallarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Odamning o‘z maqsadiga ko‘ra 
batamom o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan mana shunday maxsus faoliyati ta’lim 
faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni 
oladi: ma’lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
obyektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o‘zlashtirish. Bu jarayonning 
mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishda yuzaga keladigan usul 
va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta’lim 
faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo‘lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, 
uquvlar kiradi.
Mehnat faoliyati
– ma’lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma’naviy mahsulot ishlab 
chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma’lum maqsadga qaratilgan har 


doim ijtimoiy tabiatga ega bo‘ladi.

Yüklə 219,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin