Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni. Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish–harakat galdagi bitta oddiy
vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan
maqsad ozmi–ko‘pmi uzoq yoki yaqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish
odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug‘iladigan qator
juz’iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo‘ladi.
Mоtivаtsiya – insоn hulq –
аtvоri, uning bоg’lаnishi vа fаоlligini tushuntirib bеruvchi psiхоlоgik sаbаblаr mаjmuini
bildirаdi.
Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari. Jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinayotgan
mavzulardan biri bu motivatsiya va motivlardir. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik
maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati
jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga
qisqacha to’xtalib o’tamiz. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy,
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy,
D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich,
V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib
borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi Hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan
to’xtalishga shojat yo’qdir.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida
motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik
maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat
qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy
psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik
psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni
tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki
shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq
ekanligini ta'kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning
psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan
E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor
qilganlar.