Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish–harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi–ko‘pmi uzoq yoki yaqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug‘iladigan qator juz’iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Mоtivаtsiya –insоn hulq – аtvоri, uning bоg’lаnishi vа fаоlligini tushuntirib bеruvchi psiхоlоgik sаbаblаr mаjmuini bildirаdi.