Shaxs shakllanishida motivatsiyaning ahamiyati.
Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish-harakat deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istalgan bir ish makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan: “A”, “I” harflarni yozishdagi harakatlar, bir-biridan farq qiladi. Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko‘p, rang-barangdir. Shunday bo‘lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; “olmoq”, “joyini o‘zgartirmoq”, “quyib yubormoq” bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi.
Inson faoliyatiga yo‘naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‘lda harakat qilish tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o‘z oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig‘ida u yoki bu amalni bajaradi. Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so‘zlarni teradi, so‘ngra ma’lum ma’no anglovchi matn paydo bo‘ladi.
Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati, b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), v) joy almashish (yurish-yugurish), g) aloqa vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; a) ifodali sa’i– harakat (imo-ishora, pantomimika), b) ma’noli ishora, v) nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi, b) avtomobilni haydash velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, v) ellik kilogramm shtangani ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, g) kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.
Dostları ilə paylaş: |