130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo'lishsizlik shakli yo'q (-ma bo'lishsizlik qo'shimchasini olmaydi). nisbat ma’nosini anglatadi: yasab- aniq nisbat, yasanib - o'zlik nisbat, yasalib - majhullik nisbati, yasashib - birgalik nisbat, yasatib - orttirma nisbat;
ravishdoshlar tuslovchi qo'shimchalarni olish-olmaslik xususiyatiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: tuslanadigan ravishdoshlar va tuslanmaydigan
ravishdoshlar. Tuslanadigan ravishdoshlarga fe’l negiziga -b (-ib), -a, -y affikslami qo' shish bilan shakllangan ravishdoshlar kiradi. Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslangan holda sof fe’lga aylanadi. Masalan: Kechaning tili qorasida yulduzlar yorqin yonadi (O). Oyoq ostimizda munchoq- munchoq oq, sariq gullar sochilib yotibdi (BJahongirov). Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo'llana oladi. Masalan: Vohid hoi sochlarini taray-taray boqqa sho'ng'idi (O.YOqubov). Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad). Ravishdoshlarning -gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (- kuncha, -quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan ravishdoshlar sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; etguncha, ekkuncha, chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki go'dakning qo'ynini puch yong'oqqa toldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, qorong'iyo'lakka chiqqach, Unsin lo'xladi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim (B.Rahmonov). d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi nisbiy zamon sanaladi, chunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe’lning zamoniga nisbatan belgilanadi. Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko'ra uchga bo'linadi: o'tgan zamon ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi. O'tgan zamon ravishdoshlari fe’l o'zak-negiziga -b (-ib), -gach (- kach, -qach) affikslarini qo'shish bilan hosil qilinadi: qolib, o'qib, qolgach, o 'qigach kabi. -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakatdan ilgari bo'lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek ko'rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan: Zulfiya javob so drab keldi gapida so'rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi harakatidan) oldin ro'y bergan harakatni bildirsa, U kulib gapirmoqda gapida esa kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz beradigan harakatni anglatadi. -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o'tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi. Fe’l negiziga -gach (-kach, -qach) affiksini qo'shish bilan yasalgan ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo'lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko'rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to'rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo'hdan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy). Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o'zak-negiziga -a, -y affikslarini qo'shish bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi. Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat bilan bir vaqtda ro'y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini ko'rsatadi. Masalan: Toma-toma koi bo'lur, hech tommasa cho'l bo'lur (Maqol). Tog' oralig'idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g'or bo'lib qolibdi (S.Anorboyev). Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so'z shaklida qo'llanadi. Yakka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o'tilganlik ma’nosi hosil bo'ladi. Masalan: Sultonmurodkela o'qishga kirishdi. Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.). Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga -gani (-kani, -qani), -guncha (- kuncha, -quncha) affikslarini qo'shish bilan yasaladi: o'qigani, tinchiguncha kabi. Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga -gani (kani, -qani) qo'shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: Men bugun yuragimni ochib gapirgani keldim (U.). Fe’l negiziga -guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo'shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o'lchovi sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yoichi so'zlaguncha, Tantiboyvachcha qorong 'ida yo 'qoldi (O.). Shu bilan birga ravishdosh o'ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni: gap tarkibida boshqa so'zlarni boshqarib kela oladi;
tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida kaltagina qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva tolapatnis qo'yildi (O.).
Shuningdek, tuslanadigan ravishdoshlar o'zlariga tobe bo'lgan so'zlar bilan sostavli hol sifatida, ravishdosh o'ram tarzida ajratilgan hol vazifasini ham bajaradi: Bozor darvozasi yoniga kelishganida bir to'da odamni ko'rib to'xtab qolishdi (O'.Hoshimov). Aprel oqshomlaridan birida Farida ikkovlari shahar aylanib yurib stadionga kirib qolishdi (O'.Hoshimov). Keng, baland, serhasham chodirda oltin shamdonlarni qo'yib, Navoiy yaqin beklari bilan suhbatlashib olirardi (O.). tuslanmaydigan ravishdoshlar gapda hol, ajratilgan ikkinchi darajali bo'lak va ergash gapning kesimi vazifasini bajarib keladi: Oradan uch oy olib hash-pash deguncha issiq kunlar etib keldi (S.A.). U oltinsoyliklarni kanal va buloq qazigani boshlab ketdi (SH.R.). Shartning nozik va qaltisligi ko'z oldiga kelgach, yuragi orqasiga tortib ketdi (H.N.). Asalxon karvon olib ketguncha, yo'l yoqasida qo'l siltab turdi (H.G\).
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdosh gapda faqat hol vazifasini bajaradi.