Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə16/22
tarix23.06.2023
ölçüsü49,59 Kb.
#128375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Fe’l mayllari. Ish-harakatning voqelikka munosabatini ko'rsatuvchi grammatik kategoriyaga fe’l mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon 29
(o'tgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog'langan bo'lib, hammasi birgalikda fe’lning tuslanish tizimiga kiradi. Fe’l mayllarida voqelik bilan bog'liq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha bo'ladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari erinchoq kezadi (O'.Hoshimov). 2) YOshlikda zaxmat chekib, ilm o'rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) So'zlayotgan kishining o'ziga emas, so'ziga e’tibor qil (Montesbke. Tafakkur gulshani). Bu misollarning birinchisida kezadi fe’li ish-harakatning aniq bajarilishini, ikkinchisida o'rgansang, egallasang fe’llari ish-harakatning bajarilishi uchun shart qilib olingan harakat ma’nosini, uchinchi misolda esa e’tibor qil fe’li ish- harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat ma’nosini anglatgan. Demak, fe’l anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga ko'ra aniqlik, shart (istak), buyruq (istak) kabi qo'shimcha modal ma’nolarni ifodalaydi. Shunga ko'ra fe’llar, asosan, 3 fe’l mayli ko'rinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq- istak mayli.
Aniqlik mayl. Bu mayldagi fe’l ish-harakatning uch zamondan birida aniq (real) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi, ya’ni aniqlik maylidagi fe’l o'tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon fe’llarining barcha ma’no ko'rinishlarini o'z ichiga qamrab oladi: o'qidim, o'qimadim - yaqin o'tgan zamon fe’li; o'qiyapman - hozirgi zamon davom fe’li; o'qimoqchiman, o'qimoqchi emasman - kelasi zamon maqsad fe’li kabi. Masalan: Men unga mustaqil odam ekanligimni ko 'rsatib qo 'ymoqchiman (P.Q.) gapida ko'rsatib qo'ymoqchiman fe’li ish-harakatning kelasi zamonda (kelasi zamon maqsad fe’li) I shaxs tomonidan (-man shaxs-son affiksi) aniq bajarilishini anglatadi.
Aniqlik maylidagi fe’llar I-II guruh tuslovchi affikslar bilan tuslanadi.

Yüklə 49,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin