Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə19/22
tarix23.06.2023
ölçüsü49,59 Kb.
#128375
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Sintaktik usulga ko'ra ikki (ba’zan undan ortiq) so'z asosi birikishi bilan yangi so'z qo'shma fe’l yasaladi. Masalan: Borlig'imizni, boyligimizni, qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi fe’llari sintaktik usul bilan yasalgan qo'shma fe’llardir.

Qo'shma fe’llarning qismlari qaysi so'z turkumidan tuzilishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) ot+fe’l qolipidan qo'shma fe’llar. Bunday fe’llarda birinchi qism fe’ldan boshqa so'z turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi fe’l bo'ladi: javob bermoq, qo'l qo'ymoq, nazar tashlamoq, xursand bo'lmoq, xafa qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) fe’l+fe’l qolipidan qo'shma fe’llarning har ikala qismi fe’llardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Bunday qo'shma fe’llarning birinchi qismi -b (-ib), -a (-y) qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh shaklida keladi, tuslovchi qo'shimchalar ikkinchi qismga qo'shiladi.
Fe’l+fe’l qolipidagi qo'shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi.
Qo'shma fe’llarning har bir qismi o'z leksik ma’nosini saqlagan holda, birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. SHu jihatdan qo'shma fe’llar ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi qism), ikkinchi qismi esa (ko'makchi fe’l) unga (yyetakchi qism ma’nosiga) qo'shimcha modal ma’no qo'shadi: aytib ko'r, olib tur, ko'rib chiq kabi qo'shilmalarda aytib, olib, ko'rib qismi yetakchi, ko'r, tur, chiq qismlari esa ko'makchi fe’ldir.
Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari . O'zbek tilida fe’l o'ziga xos turli modal ma’nolarga (qo'shimcha ma’nolarga) ega. Fe’llardagi modal ma’nolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar vositasida ifodalanadi.
Fe’ldagi modal ma’no sintetik shakl vositasida ifodalanganda, fe’l negiziga ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo'shimcha ma’nolarni qo'shadigan shakl yasovchi qo'shimchalarni qo'shish bilan hosil qilinadi. Fe’llarda modal ma’no yasovchi affikslar quyidagilar:

  1. -la affiksi fe’l negiziga qo'shilib, takror, davomiylik ma’nosini bildiradi: savala, ishqala, tirnala, cho'qila kabi;


  2. Yüklə 49,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin