Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə5/22
tarix23.06.2023
ölçüsü49,59 Kb.
#128375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Na inkor yuklamasini uyushiq bo'lak sifatida qo'llangan bo'lishi fe’ldan oldin keltirish bilan bo'lishsiz fe’l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o 'tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).

  • Ba’zan ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo'shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo'lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).

    Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat
    toparmidi? (G'ayratiy). «Katta bo'lsam, akamga o'xshab, albatta komandir bo'laman», - dedi Sobir. Bo'lasan-a, bolasan. Komandir bolishga yurak kerak... (H.Nazir).
    Fe’l nisbatlari. Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo'ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).
    Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir shaxsning (predmetning) o'zi bo'ladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda qiyg'os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G'ulom).
    Yana bir ko'rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo'ladi. Masalan: Tashqarida so'riga gilam lo'shaldi, ko'rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog'ay Murod).
    Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog'ay Murod).
    Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt va obyekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo'minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo'shashtirdi (S.Z.).
    Shunga ko'ra fe’llarda besh xil nisbat ko'rinishi mavjud:

    1. Aniq nisbat. 2. O'zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.

    Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo'shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo'shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o'zgartirmaydi, balki unga qo'shimcha ma’no qo'shadi, ya’ni bu qo'shimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) ni ko'rsatib, gap qurilishining qanday bo'lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi - subyekt (ega)ning o'zi bajaradigan harakat, yozildi - predmet (obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti noma’lum harakat, yozishdi - bir necha subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi - subyektning obyektga ta’siri bilan bajariladigan harakat.

    Yüklə 49,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin