Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə8/22
tarix23.06.2023
ölçüsü49,59 Kb.
#128375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Orttirma nisbat. Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud bo'lib, asosiy subyekt vositali to'ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt esa ega (kampir) vazifasida qo'llangan bo'lib, o‘qitdi harakati subyektning subyektga ta’siri natijasida bajarilgan.
Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo'ladi. Bunday holda harakat obyektga (to'ldiruvchiga) o'tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo'shish bilan yasaladi:

  1. fe’l negiziga -t affiksini qo'shish bilan: qisqart, boyit kabi;

  2. fe’l negiziga -tir (-dir) affikslarini qo'shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi;

  3. sh, ch, t undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga -ir affiksini qo'shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi;

  4. oxiri undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe’l negizlariga -ar affiksini

qo'shish bilan: chiqar, qaytar kabi;

  1. oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g'iz, -giz, -qaz, -g'az, -kaz, - qiz, -kiz affikslarini qo'shish bilan: turg'iz, egiz, o'tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;

  2. oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga -iz affiksini qo'shish bilan: lomiz, oqiz kabi;

  3. fe’l negiziga -sat (-sa+-t qo'shma affiksi) affiksini qo'shish bilan: ko'rsat (faqat ko'r fe’l negiziga qo'shiladi) kabi.


Yüklə 49,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin