Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə14/22
tarix23.06.2023
ölçüsü49,59 Kb.
#128375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Ikkinchi guruh tuslovchilar. Bu affikslar -b(-ib), -a(-y) qo'shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo'shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so'ng qo'shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko'rinishda bo'ladi, ya’ni birinchi xil ko'rinishda -b(-ib), -a(-y) qo'shimchasi bilan shakllangan
ravishdoshlar hamda -yap, -yotib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda -di (-ti), ko'plikda -di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko'rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), - digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to'liqsiz fe’llari bilan birga qo'llansa, III shaxsda shaxs ko'rsatkichi shakllanmaydi (nol ko'rsatkichli shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko'rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha: «A» ko'rinishi

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

I

yozib-man, yozayotib-man, yoza- man yozyap-man

yozib-miz, yozayotib-miz,
yoza-miz, yozyap -miz

II

yozib-san, yozayotib-san, yoza- san, yozyap -san

yozib-siz, yozayotib-siz, yoza- siz, yozyap -siz

III

yozib-di, yozayotib-di, yoza-di,
yozyap -ti

yozibdilar, zayotibdilar,
yozadilar, yozyaptilar

«В» ko'rinishi

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

I

yozgan-man, yozar-man,
yozadigan-man, yozmoqda-man, yozmoqchi-man

yozgan-miz, yozar-miz,
yozadigan-miz, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz

II

yozgan-san, yozar-san,
yozadigan-san, yozmoqda-san,
yozmoqchi-san

yozgan-siz, yozar-siz,
yozadigan-siz, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz

III

yozgan, yozar, yozadigan,
yozmoqda, yozmoqchi

yozgan-lar, yozar-lar,
yozadigan-lar, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar


Uchinchi guruh tuslovchilar. Bular buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so'ng qo'shiladi.
Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:

SHaxs

Son

Birlik

Ko'plik

I

yozay, yozayin, o 'qiy, o 'qiyin

yozaylik, o'qtyltk

II

yoz, yozgin, o 'qi, o 'qtgtn

yozingiz, o 'qtngtz,

III

yozsin, o 'qtstn

yozsinlar, o 'qtstnlar,


Fe’l zamonlari. Ish-harakatning voqe bo'lishi (yoki bo'lmasligi) mantiqan zamon bilan bog'liq bo'ladi. Fe’llardagi zamon nutq so'zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so'zlanib turgan paytdan oldin, nutq so'zlanib turgan paytda, nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga ko'ra, fe’l uch zamon ko'rinishiga ega: 1. O'tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida qo'llangan grammatik ko'rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o'tar dunyodayaxshi nom qoldirdi. 21
(RdShog'ulomov). 2. Ko'nglini kichik tutgan, kamtarlik yolidan yurgan kishi uluglikka yetadi (Yusuf Xos Hojib). 3. Ilm ko'pga yetkazar, hunar esa ko'kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi -di o'tgan zamonni, ikkinchisida yetadi fe’li tarkibidagi -a ko'rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida yetkazar fe’lidagi -ar ko'rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan.
Har bir zamon o'z navbatida yana bir necha turga bo'linadi. Chunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko'rsatish bilan birga o'zining ichki xususiy modal ma’nolariga (qo'shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o'qimoqchiman, o'qivdiganman fe’llari nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko'rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o'ziga xos modal ma’noga ham ega.
O'tgan zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
O'tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1) yaqin o'tgan zamon fe’li; 2) uzoq o'tgan zamon fe’li; 3) o'tgan zamon hikoya fe’li; 4) o'tgan zamon davom fe’li; 5) o'tgan zamon maqsad fe’li.
Yaqin o'tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so'zlovchining ko'z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go'zal vodiydagi Gullar bog'i ko'klam libosi bilan bezandi (SH.R.).
Yaqin o'tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga -di qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat-

Shaxs- son

Misol

Zamon ko'rsat­kichi

Shaxs- son qo'shi

I

o'qidim

-di

-m

o'qidik

-di

-k

II

o'qiding

-di

-ng

o'qidingiz

-di

-ngiz

III

o'qidi

-di

-

o'qidilar

-di

(-lar)


Uzoq o'tgan zamon fe’li nutq so'zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so'zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko'ylak; nimcha, durra, peshonabog', xullas bor boricha yo'q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o'tgan zamon fe’li negiziga -gan sifatdosh qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko'rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat-

Shaxs- son

Misol

Zamon ko'rsat-

Shaxs- son qo'shi

I

o'qiganman

-gan

-man

o'qiganmiz

-gan

-miz

II

o'qigansan

-gan

-san

o'qigansiz

-gan

-siz

III

o'qigan

-gan

-

o'qiganlar

-gan

(-lar)


Uzoq o'tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo'shimcha modal ma’nolarga ham ega bo'ladi. Uzoq o'tgan zamonning bo'lib o'tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi -gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to'liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o'qigan edim, o'qigan eding, o'qigan edi; o'qigan edik, o'qigan edingiz, o'qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi -gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli -kan) to'liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o'qigan ekanman, o'qigan ekansan, o'qigan ekan; o'qigan ekanmiz, o'qigan ekansiz, o'qigan ekanlar kabi; bo'lib o'tgan ish- harakatning so'zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi -gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli -mish) to'liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o'qigan emishman, o'qigan emishsan, o'qigan emish; o'qigan emishmiz, o'qigan emishsiz, o'qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo'g'riqish yo'qolib, uning o'rnida nafislik paydo bolgan edi (X.No"mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko'zda tutmagan ekan, o'sal bo'ldi (A.Qahhor).
O'tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo'li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma ’rifat qilingan holda o 'tkazibdi (Hadisdan).
O'tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga -b (-ib) o'tgan zamon ravishdosh qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko'rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat-

Shaxs- son

Misol

Zamon ko'rsat-

Shaxs- son qo'shi

I

o'qibman

-b

-man

o'qibmiz

-b

-miz

II

o'qibsan

-b

-san

o'qibsiz

-b

-siz

III

o'qibdi

-b

-di

o'qibdilar

-b

-di(-lar)

O'tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko'rinishi ham bor. Bu shakl o'tgan zamon -b (-ib) ravishdoshiga edi to'liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo'ladi: o'qib edim, o'qib eding, o'qib edi; o'qib edik, o'qib edingiz, o'qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o 'shanda ayamning qanaqaligini ko'rasiz deb edi (S.Zunnunova).

Yüklə 49,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin