130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.
Orttirma nisbat. Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi. Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud bo'lib, asosiy subyekt vositali to'ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt esa ega (kampir) vazifasida qo'llangan bo'lib, o‘qitdi harakati subyektning subyektga ta’siri natijasida bajarilgan. Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo'ladi. Bunday holda harakat obyektga (to'ldiruvchiga) o'tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi. Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo'shish bilan yasaladi: fe’l negiziga -t affiksini qo'shish bilan: qisqart, boyit kabi;