MAVZU: FONETIKA. O’ZBEK
TILINING TOVUSH TIZIMI
104-guruh talabasi Sobirova A.R.
• Reja:
• 1. Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlarini o'rganuvchi
maxsus sohasi.
• 2. Fonetika va fonologiya, ularning o'zaro munosabati va farqi.
• 3. Fonetikaning sohalari.
• 4. Nutq a'zolari.
• 5. Nutqning fonetik bo'linishi.
Fonetika so'zi grekcha «phone» so'zidan olingan bo'lib,
tovush demakdir. Demak, fonetika tovush haqidagi
ta'limotdir. Biroq tabiatda tovushlar ko'p, ularning xili, turi
cheksiz, chegarasiz, shuning uchun borliqdagi tabiiy to-
vushlar, ularning xususiyatlari bilan «Fizika»ning maxsus
sohasi (akustika) shug'ullanadi, tilshunoslikning maxsus
sohasi bo'lgan «Fonetika» esa faqat nutq tovushlari,
ularning xususiyatlarini o'rganadi va o'rgatadi.
• Ko'rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi,
nutq jara-yonida o'zgarishi, o'zaro almashinishi, nutqiy holat
bilan aloqador bo'lgan bo'g'in va uning turlari, so'z urg'usi
haqida nazariy va amaliy ma'lumot beradigan tilshunoslikning
maxsus sohasidir.
• Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug'ullansa ham,
tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham
bog'liq, chunki nutq tovushlari ma'noviy farqlantiruvchi til
birligi bo'lganligi uchun so'z bilan aloqador, so'zning tuzilishiga
va ma'nosini farqlashga xizmat qiladi. So'zning bu xususiyatlari
bilan leksikologiya ham shug'ullanadi, bu jihatda fonetika va
leksika (leksikologiya) birbiri bilan aloqadordir.
• Grammatika ham so'z va uning tarkibi, o'zgarishi (bu fonetik –
tovush tarkibi va tovush o'zgarishi hamdir) bilan shug'ullanganligi
sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning
barchasi tilshunoslikning birbiri bilan chambarchas bog'liq
bo'lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir.
• So'nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya birbiridan
farq-lana boshlandi. Aslida bular – bir sohaning ikki tomoni
bo'lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil
bo'lishi, artikulyatsion va akus-tik xususiyatlari bilan shug'ullansa,
fonologiya ko'proq tovush, urg'u va ohangning ma'no tomoni –
ma'noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi.
• N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til
tovushlarini o'rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka
qanday munosabatda bo'lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday
munosabatda bo'ladi, degan.
• Fonetik birliklarga tovush, bo'g'in, urg'u, ohang kiradi;
fonologik birlik-larga esa fonema, sillabema, aksentema,
Dostları ilə paylaş: |