Birinchi bosqich
shartli
ravishda XVI-XVII asr. Bu davrda fuqarolik
jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy
asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va
savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining
ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi,
tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi kiritish
mumkin. Shuningdek, yagona markazlashgan
davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik
davrida mavjud bo'lgan tengsizlik,
huquqsizliklarga barham berishga e'tibor berila
boshlandi.
Ikkinchi bosqichi
XVIII asr oxiridan XIX asr
oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan
mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka,
tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan
dastlabki kapitalizm ko'rinishidagi fuqarolik jamiyati
shakllandi
Uchinchi bosqich
(XIX asr oxiri va keyingi davr)
vertikal feodal tuzilmalar o'rnini erkin odamlarning
huquqiy tengligi va o'zaro bitimlariga asoslangan
gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi.
Insoniyatning ko'p asrlik tarixida barcha odamlar,
ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat'i nazar, jamiyat
hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb
e'tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular
har kimga o'zini erkin xohish-irodaga ega bo'lgan, o'z
harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob
berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish
imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e'tirof etilgan qator
huquqlar va erkinliklarga ega bo'la boshladi.
Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga
huquqlar haqidagi Bill (Angliya, 1689 y.; AQSh,
1791 y.) yoki inson va fuqaro huquqlari deklarasiyasi
(Frantsiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim
ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o'z shaxsi,
ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng
huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va
keraksiz ma'muriy tartibga solishdan xoli teng
imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.Fuqarolik -
bu nafaqat shaxsning huquqiy maqomi, balki uning
ijtimoiy holati hamdir. Huquqiy davlatda qonun
oldida tenglik va bu bilan bog'liq holda fuqarolik
huquqlariga siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar
qo'shiladi. Jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta'minlash
har bir inson nafaqat yuridik va siѐsiy ma'noda, balki
iqtisodiy va ijtimoiy ma'noda ham fuqaroga
aylanishini nazarda tutadi
Huquqiy davlat – bu
shunday bir davlat
hokimiyatdirki, u huquq
normalariga binoan, va
ularning doirasida ish
ko'radi, bu normalarni
buzish, bekor qilish yoki
cheklashga jur'at etmaydi,
fuqarolar va ularning
birlashmalarining uzviy
tabiiy-tarixiy huquqlarini
e'tirof etadi.
Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro
huquqlarini – davlat ta'minlaydi. Ikkala
holatda ham shaxs huquqlari to'g'rsida so'z
yuritiladi, biroq birinchi holatda ayrim
inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik
huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda –
uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi.
Inson huquqlari va fuqaro huquqlari
o'rtasidagi farq muayyan asoslarga ega
bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
1) Inson huquqlari davlat tomonidan e'tirof
etilgani va qonun yo'li bilan
mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u
yoki bu davlatga mansubligidan qat'i nazar
mavjud bo'lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa
mazkur shaxs qarashli bo'lgan davlat
tomonidan himoya qilinadi;
2) Dunyoda hali anchagina odamlar umuman
fuqarolik maqomiga ega emas (fuqaroligi
bo'lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular
rasmiy darajada fuqaro huquqlariga emas, balki
inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik
jamiyatining vazifasi ijtimoiy hayotning
rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Shu sababli,
uning asosiy tarkibiy qismlarini vazifalari
qatoriga bu jarayon me'yorda kechishi uchun
shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar
faoliyati tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy
belgilari mavjud bo'lib ular
quyidagilardir: - erkin individlar
uyushmasi; - o'zaro hamkorlikka
asoslangan ijtimoiy tuzilma; -
murakkab tuzilishga ega bo'lgan
plyuratilstik tizim; - o'zini o'zi
rivojlantiradigan va o'zini o'zi
boshqaradigan tizim.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:
1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor
munosabatlari;
2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so'zsiz e'tirof etish va himoya
qilish;
3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
4) qonun va Odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning
yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;
5) hokimiyatning uchga bo'linishi va hokimiyatlarning o'zaro aloqasi
printsipiga asoslangan huquqiy davlat;
6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning
mavjudligi;
7) so'z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning
o'zaro majburiyatlari va burchlari;
9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
10) odamlarning munosib turmush darajasini ta'minlovchi samarali
ijtimoiy siyosat.
Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat
ko'rsatadi. Jumladan: - siyosiy sohada hamma
odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; -
butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega
bo'lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va
erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; -
individlarni mulkka ega bo'lish va halol mehnati
uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan
iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan
fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo'yicha
davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy
birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; - partiya va
fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning
erkinligi; - fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma'naviy
va ijtimoiy faol, jamiyat a'zolarini qonun oldida
ma'suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat,
ta'lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa
sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan
davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va
faoliyat yurgizish erkinligi;
- davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi munosabatni
barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus
mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini
ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini
ta'minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo'ladimi, norasmiy
bo'ladimi, u o'z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini
demokratik saylov bilan hokimiyatning, o'z-o'zini
boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni
oladi.
O'zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish
va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni
fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish
mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo'lib
tahlil qilish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |