Mavzu: Gaplar



Yüklə 81 Kb.
səhifə1/3
tarix15.11.2023
ölçüsü81 Kb.
#132597
  1   2   3
Mavzu.gaplardoc


Mavzu: Gaplar
Ta'limiy maqsad: o’quvchilarga so’roq gap haqida tushuncha berish, uiarni boshqa gap turlaridan ajratishga o’rgatish.


Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma'naviy fazilatlarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.


Rivojlantiruvchi maqsad: darslik bilan mustaqil ishlashga o’rgatish, o'z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.


Dars jihozi: darslik, rasmlar, so’roq gaplarga oid test savollari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.


Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, o'quvchilarni darsga hozirlash. Kirish suhbatida fasllar, oy, kun haqida to'xtalib o’qish. O’tilgan mavzularga oid bilimlarni mustahkamlash uchun og'zaki savol-javoblar o’tkazish.
O'qituvchi o'quvchilar fikrni jamlash, darsga e'tiborini qaratish maqsadida oldingi o’qilgan mavzulardan savollar beradi.


O'qituvchi: - Qanday gap turlarini bilasizlar?
O’quvchilar: - Darak gap, so’roq gap, undov gap.
O'qituvchi: - Darak gapga misollar keltiring.
O'quvchilar: - Nilufarning uyida Olapar nomli iti, Ziyrak laqabli mushugi bor.
- Botir bilan Alisher ot va qo’ylarga suv berdilar.
O'tilgan mavzuni takrorlash: O'qituvchi o'tilgan mavzular
yuzasidan o'quvchilar bilan og'zaki savol-javoblar oYkazadi:


Gap deb nimaga aytiladi?
Gap tugallangan fikrni bildiradi.


Gaplar nimadan tashkil topadi?
Gaplar so'zlardan tashkil topadi.
Yozma nutqda gap oxirida qanday belgi qoyiladi?
Gapning oxiriga nuqta (.), so’roq (?) yoki undov (!) belgisi qoViladi.


Darak gap oxiriga qanday belgi qoyiladi?
- Darak gap oxiriga nuqta (.) qo’yiladi.


Darak gapga bitta misol keltiring va daftaringizga yozing.
Maktabimiz bog'ida olma, uzum, noklar pishdi.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin