O’qituvchi: - O'zbekistonda 1991 yil 31 avgustda qanday voqea sodir bo’ldi?
O'quvchilar: - O'zbekistonda 1991 yil 31 avgust kuni Vatanimiz mustailligi e'lon qilindi.
O’qituvchi:- Bolalar, mening gapim qanday gap? Bu gap darak gap ekanmi? Bu gap xabar mazmunini anglatayaptimi? Biz so’ayapmiz. Demak, bolalar, xabar beradigan gaplardan tashqari soYash mazmunini bildiradigan gaplar ham boYar ekan. So’roq mazmunini bildirgan gap so’roq gap deyiladi. • - Bolalar, qani o'ylab ko’ringlar-chi, gaplar qachon, nima udhun ishlatiladi? Sizlar so’roq gaplardan 6 nutqingizda foydalanasizlarmi? So’roq gap oxiriga qanday belgi qo’yiladi? So’roq gapga misollar keltiring.
O’quvchilar o'zlari tuzgan so’roq gaplarni sinf doskasiga, qolganlar esa o'z daftarlariga yozadilar. O'qituvchi ularni qoida va misollar bilan mustahkamlaydi.
Darslik bilan ishlash: O’quvchilar bergan javoblarini darslikdagi qoida va misollar bilan mo’ldiradi va boyitadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1) O’qituvchi darak gap va so’roq gaplardan tuzilgan diktant o’tkazadi. O’quvchilar biror mavzuda yozilgan diktant matnidagi darak gaplarni daftarlarining chap tomoniga, so’roq gaplarni esa o’ng tomoniga yozadilar.
Darak gaplar: 1.Men bugun teatrga bordim.
2.Men bugun kutubxonadan qiziqarli ertak kitob oldim.
Bizlar ertaga sirkka bormoqchimiz.
Men oyimga sovg'a olmoqchiman.
5.Bizlar shanba kuni sinfimizdagi o'quvchilar bilan sayr qilishgachiqmoqchimiz.
So’roq gaplar:
Nimaga bugun maktabga kelmading?
Akmal, sening ukang necha yoshda?
Samad, bugun muzeyga borasanmi?
Nasiba, sen qaysi bekatda tushasan?
Manzura, sen uyingda oyingga yordam berasanmi?
Doskaga qiz va o'g'il bola, koptok, gul, quyosh rasmiari ilinadi. Va o'qituvchi o'quvchilarga doskadagi rasmlarga qarab gaplar tuzish topshirigMni beradi. O'quvchilar topshiriqni bajarib bo'lgandan so'ng navbat bilan o'qiydilar.
Shundan sovng o'qituvchi o'quvchilarga navbatdagi vazifa -darslikdagi 80-83-mashqlarni mustaqil bajarishni yuklaydi, Mashq bajarilgunga qadar esa ayrim o'quvchilarga so'roq gap yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.
Bu kirn?
Mening qo'limda juda qiziqarli kitob bor.
Bu gaplarning qay biris't so’roq gap, qay birisi darak gap — ajratib bering?
Ko'proq ball to'plash istagida bo'lgan hamda kam ball to'plagan o'quvchilarga test savollari berilib, o'quvchilaming gap turlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.