Mavzu: Genetik kod jadvallari Reja: Kirish Kodning kash etilishi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/3
tarix20.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#127338
  1   2   3
GENETIK KOD JADVALLARI


Mavzu: Genetik kod jadvallari
Reja:
1.Kirish
2.Kodning kash etilishi.
3.Triplet gipotezasi.
4.Kodonlarning aminokislotalarga mos kelishi.

Kirish
Biror-bir doʻstingizga hech maxfiy xat yozganmisiz? Agar yozgan boʻlsangiz, balki, xatni maxfiy qilish uchun kodlardan foydalangandirsiz. Masalan, siz maʼlum bir qoidalarga asoslanib soʻzlardagi harflarni raqam yoki belgilar bilan almashtirgan boʻlishingiz mumkin. Doʻstingiz xatni tushunishi uchun kodlarni bilishi, ushbu qoidalardan foydalanib ularni ochishi kerak boʻlardi.
Axborotlarning kodlarini ochish, yaʼni dekodlash gen ekspressiyasining asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, bunda gendagi maʼlumotlar oqsil sintez qilish uchun oʻqiladi. Ushbu maqolada biz DNK va RNK ketma-ketliklaridagi axborotni oqsilning tarkibiy qismi boʻlgan aminokislotalarga dekodlash imkonini beruvchi genetik kod toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Kodonlar
Hujayralar i-RNKdagi axborotni uch guruh nukleotid, yaʼni kodonlar koʻrinishida oʻqiydi. Quyida kodonlarning baʼzi xususiyatlari berilgan:

  • Aksariyat kodonlar maʼlum bir aminokislotaga toʻgʻri keladi;

  • Uchta “toʻxtatuvchi” kodon oqsil sintezi tugaganini bildiradi;

  • Bitta “boshlovchi” kodon, yaʼni AUG esa oqsil sintezining boshlanishini belgilash bilan birga metionin aminokislotasini kodlaydi.

I-RNKdagi kodonlar translyatsiya paytida oʻqiladi, yaʼni bu jarayon boshlovchi kodon bilan boshlanib, toʻxtatuvchi kodonga yetguncha davom etadi. I-RNKdagi kodonlar 5ʼdan 3ʼ ga qadar dekodlanadi hamda oqsil tarkibidagi aminokislotalarning N-uchidan (metionin) C-uchigacha boʻlgan tartibini belgilaydi.

Genetik kod jadvali


Kodonlar va aminokislotalar (yoki toʻxtash signallari) oʻrtasidagi munosabatlar majmui genetik kod deb ataladi. Odatda genetik kod jadvalda jamlashtiriladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin