Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi - MBBT



Yüklə 267,46 Kb.
səhifə6/17
tarix24.10.2023
ölçüsü267,46 Kb.
#130770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu 1

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi - MBBT (Database management system - DBMS) - ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va foydalanishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar to‘plami. Bu tizimning asosiy maqsadi - GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘ri joylashtirish va bosh- qarishdir. Jumladan, ma’lumotlar turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (jadval, raqamli tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos holda qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu boshqa turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle, Sybase kabi tizimlardagi o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishdan iboratdir.
Skaner (scanner) -qog‘ozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun uni rastr formatga o‘tkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3- rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 - 600 dpi) bo‘ladi. Skanerlar planshetli (flatbed scanner), barabanli (drum scanner), g‘ildirakli (sheetfeed scanner) va qo‘l yordamida boshqariluvchi (handheld scanner) kabi turlarga bo‘linadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga o‘rnatilib, Yerning ustki qismini tasvirga olishda ham qo‘llaniladi.



    1. rasm. An’anaviy skaner (Manba: Internet)

Lazer skaner - bu geodezik asboblar turkumining yangi avlodi hisoblanib, berilgan obyektning tasvirini uch o‘lchamli ko‘rinishda nuqtalar jamlanmasi
sifatida olishga mo‘ljallangan. Bunday asboblar asosan yer osti tunnellarida, tarixiy-madaniy obyektlarning tasvirini olishda, turli yo‘l qurilishi ishlarida, yer degradatsiyasini monitoring qilish ishlarida qodlaniladi.




    1. rasm. Uch odehamli lazer skaner (TX5 Trimble) va uning yordamida olingan
      tasvir (Manba: Internet)

Skanerlash (scanning) - skaner yordamida analog (oddiy yoki qog‘oz) tasvirni raqamli rastr formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor ko‘rinishga keltirish uchun kerakli bo‘lgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma (plotter) kabi moslamalar ham qoTlanilishi mumkin.

Yüklə 267,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin