Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi



Yüklə 267,46 Kb.
səhifə9/17
tarix24.10.2023
ölçüsü267,46 Kb.
#130770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Mavzu 1

Ishchi konfiguratsiya - ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam), murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat. Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna, yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda olishi mumkin.
Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan so‘ng barcha jadvallar va oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan bo‘lib, barcha oynalar shu ro‘yxat bo‘yicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi, shundan so‘ng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi.
Legenda - shartli belgilar ro‘yxati bo‘lib, karta yoki grafikada qo‘llaniladi.
Hisobot - grafik ma’lumotlarning umumiyligi bo‘lib, xulosani nashrga berish uchun mo‘ljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat bo‘lib, kartalar, yozuvlar, grafiklar va qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Geokodlash - bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan, mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat. Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud ma’lumotlar joylashuvi orqali ularni birlashtiradi hamda kartada obyektni ko‘rsatish va bog‘lanishni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Proyeksiya (kartalar) - bu mavzuli model bo‘lib, kartada yerning ustki qatlami har bir nuqtalarini loyihalashga ko‘maklashadi. Proyeksiya ko‘rinishini tanlashdan qat’i nazar, shu kartadagi vizual tasvir har xil bo‘ladi. Har bir proyeksiya parametr to‘plami bilan, proyeksiyalar o‘rtasidagi farq har xil koordinata turlari bilan belgilanadi.
Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari
GATni ta’riflashning yana bir usuli to‘g‘risida ma’lumot Marbl va Pikue (Marble & Pequet, 1983) tomonidan berilgan. Bunga ko‘ra, GATning o‘zi ham tizimlarga bo‘linadi va ular quyidagilar:

  1. Ma’lumotlarni to‘plash tizimi. Bu tizimda ma’lumotlar turli xil manbalardan olinadi va boshlang‘ich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimning asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni o‘zgartirish (rastr ko‘rinishdan vektor ko‘rinishiga keltirish) dan iboratdir.

  2. Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat.

  3. Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi.

  4. Ma’lumotni chiqarish tizimi. To‘liq yoki qisman ma’lumotlar bazasi jadval, diagramma yoki karta ko‘rinishida tasvirlanib, bosmaga chiqariladi yoki foydalanuvchining talabiga ko‘ra elektron yoki qog‘ozli ma’lumot ko‘rinishida beriladi.

Yuqoridagi to‘rtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart bo‘lgan muhim tizimlaridir. Barcha jarayonlar mana shu tizim ichida amalga oshiriladi va bunda ham, albatta, inson omili juda muhim rol o‘ynaydi.
Geoaxborot tizimida geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda uning besh tarkibiy qismi yoki komponentlari muhim sanaladi. Bu kompyuter tizimi, dasturiy ta’minot, insoniy resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy infratuzilmalardir.


1.5-rasm. Geoaxborot tizimining muhim tizimlari (Manba: Muallif)

Yüklə 267,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin