Mavzu: Geografik zonalar bo‘yicha tuproq hosil qiluvchi jarayonlar



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü93,5 Kb.
#136053
1   2   3   4   5   6   7
Geografik zonalar bo‘yicha tuproq hosil qiluvchi jarayonlar

3. Tuproq strukturasi kuchsiz, mexanik kuch ta`sirida tuproq zarralarini birlashtiruvchi gil (loy) kolloidlarga, chirindiga, singdirish qobiliyati, eritmasiga bog`liq holda shakllanadi.
U asosan 3 tipga bo`linadi:
1) Kubsimon - tuproq struktura bo`lakchalari 3 o`q yo`nalishi bo`yicha bir xil bo`ladi. Bu palaxsasimon, kesaksimon, yong`oqsimon va donador turlarga bo`linadi. Bo`lakcha kattaligi, shakli inobatga olinadi.
2) Prizmasimon (ustunsimon) bo`lakchaning bo`ylama o`qi enlama o`qidan katta bo`ladi. Bu ustunsimon, prizmasimon turlarga bo`linadi. Bo`lakchalar kattaligi 1 sm. dan 5 sm.gacha bo`ladi.
3) Plitasimon – bunda enlama o`qlar bo`ylamadan keskin katta bo`ladi. Bu plitasimon va tangasimon turlarga bo`linadi. Bo`laklar kataligi 1 mm.dan 5 mm.gacha bo`ladi. (Bu Zaharov klassifikatsiyasi). Zaharov ularni tip, tur-xillarga ajratadi.
Struktura namlanganda yemirilmaydigan chin sof strukturaga va yemiraladigan soxta strukturaga bo`linadi. Struktura shaklining o`lchamlariga qarab quyidagicha bo`ladi.
0,25 mm.dan katta bo`lsa – makrostruktura;
0,25 mm.dan kichik bo`lsa – mikrostruktura deyiladi.
Yerga ishlov berilmasa, struktura bo`ziladi.
4. Tuproqning yangi aralashmasi. Tuproq hosil bo`lish jarayonida har xil yaralmalarning paydo bo`lishga – tuproqning yangi yaralmasi deyiladi.
Masalan: illyuvial qatlamda ko`mir kislotasi tuzlarining paydo bo`lishi, botqoqlar pastki qatlamida ko`kish, zangori dog`larning paydo bo`lishi. Ular kimyoviy va biologik yo`l bilan paydo bo`ladi. Kimyoviy yo`l bilan tuproq zarrachalari orasidagi bo`shliqlarda «tomirchalar», «naychalar», «qo`g`irchoqlar» va gips konkretsiyalari paydo bo`ladi.
Biologik yo`l esa o`simlik va hayvonlar bilan bog`liq.
5. Tuproq qo`shilmasi Inson faolyati tufayli tuproqqa qo`shilgan qoldiq jismlar kiradi. Bularga arxeologik topilmalar, suyak, sopol, g`isht kabilar misol bo`ladi.
6. Tuproqning mexanik tarkibi (zarralari donadorligi)ni namlab soqqa, pilik, halqalar tayyorlab qo`lda bilish mumkin. Bu tuproqning suv o`tkazuvchanligini, suv sig`imini, ishlov berish xususiyatlari va o`simlik o`sish sharoitlarini belgilab beradi.

Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin