Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari.
Geomexanika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari. Barcha asosiy va amaliy fanlar bo‘linish shartliligiga qaramasdan konchilikda geomexanika amaliy fan sifatida o‘rganiladi. SHunday qilib u fizika-texnik fan va quyidagi fanlar bilan o‘zaro bog‘langan holda o‘rganiladi: gidrogeomexanika, tog‘ jinslari fizikasi, ochiq kon ishlari texnologiyasi va yer osti kon ishlari texnologiyasi, qiyaliklarda inshootlarni qurish (1-rasm).
1- rasm. Geomexanika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari.
Geomexanika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
- gidromexanika fani bilan gidrogeologik va muxandislik geologiyasi masalalarini echish orqali bog‘langan;
- tog‘ jinslari fizikasi va jarayonlari fani bilan ba’zi bir masalalarni qo‘yish va echish orqali bog‘langan;
- ochiq va yer osti kon ishlari texnologiyasi fanlari bilan qiyaliklar turg‘unligini boshqarish ishlari bo‘yicha bog‘langan;
-tog‘ jinslari mexanikasifani bilan masalalarni echish va metodologik asoslari orqali bog‘langan;
-marksheydyerlik ishi va kon geometriyasi asoslarifani bilanyer qa’rini o‘rganish va o‘zlashtirishning nazariy asoslari orqali bog‘langan.