Mavzu: Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari
REJA Kirish……………………………………………...2 1. Harakatlar strategiyasi mazmuni
2. Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichi
3. Iqtisodiy rivojlanishning yo’nalishlari
Xulosa…………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda har bir davlat o’zining rivojlanish rejasini tuzib olishini taqazo etadi. Shu qatori O’zbekiston ham o’zining rivojlanish yo’nalishiga ega. Mustaqillik yillaridan to 2017-yilgacha bunday reja O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov yaratgan “Taraqqiyotning O’zbek modeli” edi. 2017-yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2022 yillar uchun ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” hisoblanadi. Hozirgi kunlarda ushbu strategiyaning eng so’nggi bosqichida turibmiz. Shunday ekan shu paytgacha ushbu rejada belgilangan maqsadlar qanchalik amalga oshirilgani va oshirilayotgani to’g’risida ma’lumotlar zarur. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlanishida eng yuqori o’rinlarni egallagan yo’nalishlarni bilish, ular haqida tushunchalarga ega bo’lish lozim. Bu bilimlar esa aholining iqtisodiy bilimini oshishi va mamlakatda ziyoli qatlamni oshishiga olib keladi. Bu ziyoli qatlam esa o’z navbatida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini jadallashishiga yo’l ochadi.
Kurs ishining maqsadi:ushbu kurs ishining maqsadi Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish, ushbu mavzuga oid materiallar tahlilini olib borish va shu ma’lumotlar asosida xulosa va takliflar berishdir.
Kurs ishining vazifalari: harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot berish;
harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichini o’rganish;
shu kungacha harakatlar strategiyasida qo’yilgan maqsadlar qanchalik bajarilganligini tahlil qilish;
Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish;
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga oid takliflar ishlab chiqishdan iborat
Kurs ishi obyekti:Harakatlar strategiysi
Kurs ishi predmeti: erkin rivojlanishning yo’nalishlari
Kurs ishi qisqacha tavsifi: 3 ta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Harakatlar strategiyasi mazmuni Hozirgi kunda butun dunyodagi davlatlar juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Bunday davlatlarga AQSH, Rossiya, Hindiston, BAA, Janubiy Korea, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa ko’plab davlatlarni misol keltirish mumkin. Bu va boshqa shu kabi davlatlar rivojlanish mobaynida biror to’xtalishga, ya’ni maqsaddan og’ishga yo’l qo’ymaslik uchun o’zlarining rivojlanishdagi qat’iy rejasini, yo’nalishini belgilab olishgan. Bu davlatlar qatori O’zbekiston ham o’zining iqtisodiy rivojlanishda qat’iy maqsadini belgilab kelmoqda. 1991-yildan (O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan yildan) boshlab to 2017-yilgacha O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ishlab chiqqan “Rivojlanishning O’zbek modeli” amal qildi. Ushbu model orqali O’zbekiston 25 yil ichida misli ko’rilmagan natijalarga erishib, “Dunyoning iqtisodiy qoloq davlatlari” ro’yxatida chiqib, “Rivojlanayotgan davlatlar” qatoriga qo’shilib oldi. Birinchi Prezidentimiz yaratgan ushbu model quyidagi besh tamoyilga asoslangan:
Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi
Davlat- bosh islohotchi
Qonunning ustuvorligi
Kuchli ijtimoiy siyosat
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish
Bu besh tamoyil o’z vaqtida juda dolzarb va katta ahamiyatga ega edi. Lekin vaqt o’tib, 2017-yillarga kelib bu tamoyillar o’z dolzarbligini qisman yo’qotdi, yoki unda belgilangan maqsadlar to’liq bajarildi va bu tamoyillarni yangilashga ehtiyoj tug’ildi. 2017- yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu eski modelni yangiladi, unga yangi dolzarb mavzularni qo’shdi. Natijada yangi 2017-2022-yillarga mo’ljallangan yangi reja yaratildi va unga “Harakatlar strategiyasi” deb nom berildi.