Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi to’g’risidagi asosiy tushunchalar



Yüklə 22,5 Kb.
səhifə1/2
tarix15.10.2022
ölçüsü22,5 Kb.
#118317
  1   2
1-Ma\'ruza


1 Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi to’g’risidagi asosiy tushunchalar.




Reja:




1. Hayot faoliyati xavfsizligi va uning bosh masalasi.
2.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining alohida bo’limlari va ularning ahamiyati.
3.Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va ularning mazmuni.
4.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.




Mavzuga doir tayanch tushunchalar




Xavfsizlik, hayot faoliyati xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi, faoliyat jarayoni modeli, xavf-xatar, xavfli hodisa va jarayonlar, xavfsizlik madaniyati.




Hayot faoliyati xavfsizligi va uning bosh masalasi.
Aholining sog’lom bo’lib o’sishi va uzoq umr ko’rishini ta’minlash jamiyatni siyosiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadidir. Davlat g’amxo’rligi aholi sog’ligini saqlash, turli xil xavf-xatardan himoyalash va sog’liqni mustahkamlashning eng ishonchli garovidir.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiyasi hayot, erkinlik, mehnat va daxlsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani-mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalaydi. Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va halokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish. mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob-anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o’rganish, og’ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni ko’zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi uchta o’zaro bog’liq bo’lgan masalalarni hal etadi:
1. Xavflarni birday deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasiga qarab koordinator va miqdoriy xususiyatlarini o’rganish.
2. Sarf-harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.
3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy xavflarni yo’qotish.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi. Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasida ko’p uchraydigan ta’riflar quyidagilar bilan ifodalanadi.
Faoliyat -insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit va mehnat faoliyatining yuqori shaklidir. Faylasuflarning fikricha, insonning ta’rifi harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir. Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Faoliyat jarayoni modeli. Faoliyat jarayoni modeli 2 elementdan, ya’ni inson va muhit orasidagi to’g’ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. «Inson-muhit» tizimi 2 maqsadli bo’ladi:
1. Aniq bir natijaga erishish.
2. Ko’ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash.
1950 yil sentabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi jahon kongressida hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markaziga qo’yilgan maqsad-bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Kongressda ishtirok etgan olimlar o’z ma’ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo’lladilar va bu tushunchani har bir olim o’zicha talqin qiladi. Masalan, V.Marshal «tavakkal bu xavfning asosiy bosqichidir» deydi. Tavakkal 2 xil bo’ladi.
1. Shaxsiy «tavakkal» ayrim shaxs uchun aniq xavf turi
2. Ijtimoiy yoki ko’pchilik tavakkali takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik.
Bizda hozircha ijtimoiy tavakkal bo’yicha hech qanday ma’lumot yo’q. Masalan, ishlab chiqarish bo’yicha har yili o’rta hisobda 200-250 odam halok bo’ladi. Ammo bir halokatda 5-10 odam halok bo’lgani oldingi ma’lumotlarga ko’ra odamlarga ko’proq ta’sir qiladi. Odamlarning bu ruhiy holatini (psixologiyasini) qabul qilinishi mumkin bo’lgan «tavakkal» masalasi ko’rilganda hisobga olish lozim. Xavf-xatar deganda odam sog’lig’iga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavf yashirin va xaqiqiy xavflarga bo’linadi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo’lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Sabablar: jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi. Atrof- muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat uchligi- bu yashirin xavflani va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan, zaxar (xavf) dori tayyorlovchining xatosi (sabab) - zaxarlanish (ko’ngilsiz oqibatlar).
Mutloq xavfsiz bo’lgan ish bo’lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavsizligida metodologik ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, hudud va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Chora-tadbirlarning asosiy yo’nalishi turli favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarning xavfsizligini ta’minlash, muhofaza qilishga qaratilgan. So’nggi vaqtlarda ofatlar, avariya va halokatlar miqdori ortib bormoqda. Bu esa insonlar hayotiga katta xavf tug’dirmoqda. Shu bois respublikamiz va jahon miqyosida yuz berishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olish turli favqulodda vaziyat sharoitida harakatlanish, muhofazalanish, hamda ularni bartaraf etish, o’z-o’ziga va o’zaro birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga oid bilim, ko’nikma va malakalarni oshirish, aholi vahududiy xavfsizlikni ta’minlash yo’llari bilan talabalarni tanishtirish hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadidir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Respublika fuqarolari sog’lig’ini muhofaza qilish huquqiga ega. Konstitutsiya asosiy qonun bo’lib, 26 bob, 128 moddadan iborat. 26 chi bob bevosita «Mudofaa va xavfsizlik» deb ataladi. Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. Har qanday mustaqil davlat singari, O’zbekiston o’z xavfsizligini ta’minlashi muhim masala ekanligini hech qachon unutmaydi. Davlat o’z xavfsizligini ta’minlash bilan xalq xavfsizligini o’ylaydi. 125-moddaga asosan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. 126 moddada O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada qurolli kuchlarga ega, deb ko’rsatilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlay olgan davlatgina xalqning oliy maqsad va manfaatlarini amalga oshishiga imkoniyat yaratishi mumkin. Har bir insonning hayoti, sog’lig’i, qadr-qimmati va qadriyati davlat muhofazasidadir.




Yüklə 22,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin