Mavzu: Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari reja


Husnixat daqiqasi namunasi



Yüklə 199,94 Kb.
səhifə29/33
tarix13.05.2023
ölçüsü199,94 Kb.
#126887
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Referatlar Husnixat

Husnixat daqiqasi namunasi:
Mavzu: Kichik “q” harfini yozish daqiqasini tashkil etish
Maqsad: O’quvchilarni kichik “q” harfini va so`zlarni husnixat bilan yozishga o’rgatish.
Daqiqaning jihozlari: “Yozish vaqtida to’g`ri o’tir” plakati, kichik “q” harfining yozma shakli, q harfining multimedia orqali yozilishini ko`rsatish
Daqiqaning rejasi:
1.Darsning tashkiliy qismi.
2.Chiroyli yozuv qoidalari haqida suhbat.
3.Panja va barmoq muskullarining harakatini o’stiruvchi mashqlar.
4.Kichik “q” harfining elementlarini doskaga yozib ko’rsatish.
5.Kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko’rsatish.
6.Harflarning shaklini daftarga yozdirish.
7.Badantarbiya mashqlarini o’tkazish.
8.Kichik “q” harfini qo’l harakatini uzmasdan bog`lab yozishga o’rgatish.
9.Kichik “q” harfining boshqa harflar bilan bog`lanishini mashq qilish.
10. Uyga vazifa berish.
Tashkiliy qism:
Yaxshi yozgan o’quvchilarning ishlarini ko’rsatish va rag`batlantirish.
Daqiqaning borishi:
O’qituvchi o’quvchilarning tayyorgarligini har bir o’quvchining oldida daftar, avtoruchka borligini tekshirib yozuv daftarlarini ham ko’rib chiqadi.
Sinfda osib qo’yilgan “Yozish vaqtida to’g`ri o’tir” nomli plakatdan foydalanib, o’quvchilarning o’tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlariga daftarning holatini to’g`rilab oldi.
O’quvchilarga barmoqlarining harakatlarini o’stiruvchi mashqlar bajariladi. Bunday mashqlarni partada o’tirgan holda bajartirish mumkin. Qo’llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda barmoqlarimizni ochamiz, yana yopamiz. (bu mashq 5-6 marta takrorlanadi.)
O’quvchilarga quyidagi topishmoqlar aytilib javobini topish so’raladi.
O’zi bitta qulog`i to’rtta. (qozon)
Barmog`i bor-u tirnog`i yo’q. (qo’lqop)
Doskaga topishmoqlar javobi yozilgan ko’rgazma qo’yilib, quyidagicha suhbat qilinadi.
-Bolalar doskadagi so’zlarni diqqat bilan kuzatting. Aytingchi, bu so’zlardagi o’xshashlik nimada?
Bu so’zlarda q tovushi ishtirok etgan so’zdan q tovushining o’rni aniqlanadi.
Qozon- Q tovushi so’z boshida kelgan.
Qo’lqop- Q tovushi so’z boshida, so’z o’rtasida kelgan.
Bugun kichik “q” harfini yozishni mashq qilamiz. O’qituvchi doskada kichik “q” harfi kattalashtirilib yoziladi yana shunga doir plakatdan foydalanib uning elementlarini va qanday yozishni tushuntirib beradi. Shundan so’ng “q” harfini doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O’qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirib, uni to’liq yozishni ham eslatib o’tadi.
O’qituvchi yozma va bosma “q” harfini bir-biri bilan solishtirib ko’rsatadi. O’quvchilarga kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarining bunday taqqoslab ko’rsatilishining ahamiyati katta chunki ko’p o’quvchilar harflarni kitobdagigao’xshab yozishga harakat qiladi. Ko’rgazmali quroldan foydalanib o’quvchilarga uni yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko’rsatib tushuntiriladi.
q –bosma shakli q-yozma shakli
O’qituvchi kichik “q” harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko’rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chizilafi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushuriladi va qo’l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi
O’quvchilarni o’rnidan turg`azib oldin o’rganilgan batan tarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Mashq tugagandan so’ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.
O’qituvchi doskada kichik “q” harfining elementlarga ajratmay butun shaklda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar shu asosda davom ettiradilar.
Bolalarga kichik “q” harfining bir necha kichik harflari bog`lanishi ko’rsatiladi, so’ng ular o’z daftarlariga yozib mashq qiladilar.

Yüklə 199,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin