Mustaqil ish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Iguruh yuqoridagi bo’g`inlar ishtirokida so’zlar aytadilar. Masalan: qish, qor, qaychi, qishloq.
II guruhdagi o’quvchilar esa shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog`di.
Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi.
Uyga vazifa. Daftarga ikki qator “q” harfini va shu harf bilan bog`langan so’zlardan yozib kelish. O’qituvchi uy vazifalarini bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib o'tadi.
13. Daqiqa jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarni daftarlari namuna qilib ko’rsatilib rag`batlantiriladi.
Husnixat mashg`ulotlarini to’g`ri uyushtirish, chiroyli va to’g`ri yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi.
II Husnixat daqiqasi.
Maqsad: Katta va kichik Gg harfini va ular ishtirokidagi so’zlarni husnixat asosida yozish.
O`quv materiali: G G G G G g g g g g Gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla. Guldonda gullar bor.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Husnixat daqiqalarini tashkil etishning pedagogik, umumdidaktik talablari nimalardan iborat?
2. 1-4-sinflarda husnixat daqiqalari qanday tashkil etiladi?
3. Husnixatga o’rgatish qoidalari deganda nimalar anglashiladi?
4. Husnixat daqiqalarini to’g`ri tashkil etish uchun o’qituvchi oldiga qanday talablari qo’yiladi?
5. Boshlang`ich sinf dasturini husnixat daqiqalariga qo`yiladigan talablar bo`yicha tahlil qiling.
Tayanch atamalar:nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, tahlili, fonetik bilimlar, leksik bilimlar, morfemik bilimlar, morfologik bilimlar, sintaktik bilimlar. Husnixat daqiqalarini rejalashtirishda ona tili fani mavzulari bilan bog`lash, o`quvchilarda mazkur predmet asosida shakllantiriladigan kompetensiyalar nazarda tutiladi. Husnixat daqiqalari o`quvchilarning yozuv qonun-qoidalari asosida, qabul qilingan grafik shakllarga mos holda yozishga o`rgatish bilan birga nutqiy kompetensiya – tinglash va anglash, so`zlash, o`qish ko`nikmasini egalashlarini ta`minlashga ham xizmat qilishi lozim.
nutqiy kompetensiya – tinglash va anglash, so`zlash, o`qish va yozish;
quyidagi lingvistik kompetensiya bilan bog`liqligi ta`minlanadi:
fonetik bilimlar;
leksik bilimlar;
morfemik bilimlar;
morfologik bilimlar;
sintaktik bilimlar bilan.
orfografik bilimlar bilan;
punktuatsiyon bilimlar bilin.
Shuningdek, limgvistik kompetensiyalar tarkibiga yuqoridagi bilimlar yuzasidan shakllantiriladigan ko`nikma va malakalar ham kirishi nazarda tutilsa, husnixat daqiqalari ona tilining tarkibiy qismi sifatida amalga oshiriladi.
Husnixat darslarini rejalashtirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik tamoyili asosida yozdirish;
b) har bir harfning o’zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o’rgatib borish;
d) harflar elementlarining o’xshashligini hisobga olib guruhlash;
e) bosh harflarning elementlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini hisobga olgan holda guruhlash;
f) matnlarning bolalar hayotiga mos bo’lishiga erishish;
g) imlosi qiyin so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
h) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish.
3-4-sinfda har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi.
Ona tili darslarida tashkil etiladigan husnixat daqiqalari uchun yozuv materiallarini (yozilishi o`rgatiladigan harflar guruhini, so`z yoki matn) tanlashda quyidagilarga e`tibor beriladi:
-umumdidaktik talablarga;
-materiallarning mavsumga mos bo’lishiga;
-bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga;
-husnixat materialining ona tili darsida o’rganilayotgan mavzu bilan bog`lanishiga;
-imlo bilan bog`lanishiga;
-bolalar hayoti bilan bog`lanishiga;
-ajratilgan vaqtga mosligiga.
O’qituvchi husnixat daqiqalarinida yordamga muhtoj holatlarni ham hisobga olishi lozim.