SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Bosma va yozma harflarning o’ziga xos xususiyatlariga ega?
Yozish jarayonida qanday holatlarda qo’l uziladi?
Yozma harflar tutashtirilishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi?
Nima uchun qaroming ostki qismidan tutashtirishiga e’tibor qaratiladi?
Bosh harflar kichik qarorlarga qanday tutashtiriladi?
Mavzu: Husnixatga o‘rgatish tamoyillari Reja:
1. Husnixatga o‘rgatish tamoyillari.
2. Onglilik tamoyili
3.Genetik tamoyil - harflarni guruhlash, shakli
4. Takrorlash tamoyili
5. Ko’rgazmalilik tamoyili - ko’rgazmali vositalar
Tayanch so`zlar: Onglilik tamoyili, husnihat bilan yozish, ko‘rgazmalilik tamoyili, genetik tamoyili, takrorlash tamoyili
Ushbu ma’ruza matnini o‘zlashtirishda “zig-zag” metodidan foydalaniladi. Unga ko‘ra ma’riza matni kichik guruhdagi talabalarga tarqatiladi. Har bir guruh mavzuning muayyan qismi beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi. Ular matn bilan tanishib, o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Barcha guruh o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi. Shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn talabalar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Husnixatga o‘rgatish tamoyillari quyidagilardir:
1. Onglilik tamoyili.
2. Genetik tamoyil.
3. Takrorlash tamoyili.
4. Ko‘rgazmalilik tamoyili.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.
7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili.
8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili.