Mavzu: Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari reja



Yüklə 199,94 Kb.
səhifə28/33
tarix13.05.2023
ölçüsü199,94 Kb.
#126887
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Referatlar Husnixat

O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan ozgina chiqib turibdi.
O’qituvchi: Qarang-chi, men tirsagimni gavdamga engashtirib, ikki tomonga surib qo’ydimmi?
O’quvchilar: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga surilmagan.
O’qituvchi: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman?
O’quvchilar: Boshingiz to’g`ri turibdi.
O’qituvchi : oyoqlarim nimaga tiralib turibdi?
O’quvchilar: Ular to’g`ri, polga tegib turibda.
O’qituvchi : Qarang-chi, men qanday holda o’tiribman. Mening gavdam va yelkalarim qanday ko’rinishda?
O’quvchilar: Gavdangiz to’g`ri tutilgan holda.
O’qituvchi: Mening ko’kragim va stolning cheti o’rtasidagi oraliq masofa qanday?
O’quvchilar: Sizning ko’kragingiz va stolning orasidagi masofa unchalik katta emas.
O’qituvchi: Hammangiz turing va yozayotganda lozim bo’ladigan holda o’tiring.
- yana bir bora turinglar. Qani, menga ayting-chi, yozayotganda qanday o’tirsa to’g`ri hisoblanadi?
O’quvchilarning yozuv jarayonida to’g`ri o’tirish tartibini o’zlashtirib olganlarini ko’rib, o’qituvchi daftarning to’gri turish tartibini o’rgatishga kirishadi.
O’quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to’g`ri qo’yganda egilish chizig`i to’g`ri burchak bilan partaning oldingi chetiga tushishini ko’rgazmali holda ko’rsatib o’tadi.
Bundan keyin oqituvchi o’quvchilarga ruchkani to’g`ri ushlash tartibini ko’rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o’rta va ko’rsatkich barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham ochilgan bo’lmasligi kerak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq ko’rsatkich barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda ular yozish jarayonida qo’l kaftining qator yo’nalishiga erkin holda yo’naltirib boradi, bu esa tez va bog`lanishli yozuvda muhim o’rin tutadi. Nomsiz barmoqni o’rta barmoqqa yoki kaftga tomon engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish jarayonida qog`oz yuzasiga tegib turish va unda yengil harakatlanishi kerak. Qo’l kafti shunday holatda joylashishi kerakki, yozayotgan odam kaftning ichki tarafmi ko’rmasligi lozim. Kaftning o’ng tomoni qog`ozga tayanishi mumkin emas, bunday holat o’ng qo’lning erkin harakatlanishiga halaqit beradi.
Husnixat bilan yozilgan yozuvlar namoyish qilinadi. Bb harflarini va u ishtirok etgan so`z va gaplarni doskada yozib ko`rsatadi.
Husnixat bilan yoza olmaydigan, kamchiliklarga yo`l qo`yayotgan o`quvchilarga yordam ko`rsatiladi.
Shuningdek, o’quvchilarga uyga beriladigan topshiriqlarni ham oldindan rejalashtirib qo’yish kerak. Beriladigan topshiriq o’quvchilarni mustagil ravishda mashg bajarishga va o’tilgan dastur materialini mustahkamlab borishga xizmat qilishi lozim.
Bu kabi suhbatdagi maslahatlar keyingi husnixat daqiqalarida eslatib turiladi.

Yüklə 199,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin