Mavzu:Pedagog tarbiyachining zamonaviy funksional vazifalari.
Reja:
1.Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari.
2.Pedagog tarbiyachining zamonaviy funksional vazifalari.
3.Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar.
Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari. Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi – krativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega. Pedagogning krativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar sanaladi Shunday qilib, malaka oshirish kurslarida “Kreativ pedagogika” moduli (fani)ni o‟qitish pedagoglarda ularga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Pedagoglarda kreativlik sifatlari, Tashabbuskorlik Kreativ qobiliyatga egalik Kreativ faollik Izlanuvchanlik Mezonlar 1-rasm. Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari 15 ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini rivojlantirish borasida amerikali tadqiqotchi Patti Drepeau tomonidan taklif qilingan yo‟llarda foydalanish kutilgan natijalarni qo‟lga kiritishga yordam beradi. Qolaversa, pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirisha ustuvor tamoyillar asosida ish ko‟rish aniq maqsaga yo‟naltirilgan faoliyat samaradorligini kafolatlaydi. Malaka oshirish kurslarida amaliy mashg‟ulotlar jarayonida pedagoglarning kreativlik imkoniyatlarining aniq mezonlar asosida aniqlash, daraja ko‟rsatichlarini baholash asosida bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilash, yutuqlarni boyitish, kamchiliklarni bartaraf etish choratadbirlarini belgilash mumkin bo‟ladi. Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‟oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma‟nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‟ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‟ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‟tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilarni amalga oshiriladi: 1. O‟qituvchilarni ma‟naviy va moddiy rag‟batlantirish sistemalarni tadbiq etish; 2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‟tkazishda qo‟yiladiagan talablarni yangilash; 3. Ularning malakasini oshirish; 4. Eng yaxshi o‟qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‟ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‟atlariga asoslanib o‟qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkin. O‟qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‟oyalarni izlab toppish laoyiqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o‟zaro bir-biriga bog‟liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi: 1. Intellektual (aqliy); 2. Ahloqiy (o‟z-o‟zini boshqarish); 3. Motevatsion (maqsadiy); 4. Emotsional (his hayajonli). Bo‟lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga o‟rgatish, ularda kreativ 17 tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o‟qituvchining o‟zi kreativ, ijodkor shaxs bo‟lishi zarur. Bordi-yu, uning o‟zi kreativlik sifatlariga ega bo‟lmasa, u holda qanday qilib, bo‟lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga rag‟batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‟qituvchining o‟zi kreativ, ijodkor bo‟lsagina, bo‟lajak pedagoglar ham shunday bo‟la oladi. O‟qituvchining ijodkor va kreativ bo‟lishi yoki bo‟lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‟oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko‟rishga intilishi zarur. Darslarda o‟qituvchi “kreativlik yo‟l xaritasi”ga ko‟ra quyidagi 4 ta yo‟nalish bo‟yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: ijodiy fikrlash ko‟nikmalarini namoyon etish; bo‟lajak pedagoglarni o‟quv fanlarini qiziqish bilan o‟zlashtirishga rag‟batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish; kutiladigan natija. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo‟sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo‟ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‟zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‟lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‟nikma, malakalarni o‟zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko‟p savollar berilishini rag‟batlantirish va bu odatni qo‟llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag‟batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo‟lish uchun bo‟lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o‟rganish asosida quyidagi ko‟nikma, malakalarni o‟zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g‟oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy g‟oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish; ta‟lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash. Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o‟zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:
Bo‟lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko‟nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta‟lim olayotgan bo‟lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega o‟qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo‟ladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o‟quv-bilish muhiti Bo‟lajak pedagoglarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo‟lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko‟nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013). Bo‟lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo‟lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog‟liq. “To‟laqonli kreativlik xarakteriga ega ta‟lim muhitini yaratish puxta o‟ylangan rejaga tayanadi. O‟qituvchilar agarda o‟zlarining kreativ o‟qitish metod va strategiyalarini qo‟llash Turlari Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va b.) ni aniqlovchi testlar 20 (ya‟ni keng ko‟lamda o‟ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo‟lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o‟z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina Bo‟lajak pedagoglar o‟rganayotgan mavzuning mazmuni, o‟quv axborotlar o‟rtasidagi o‟zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‟ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000)”. Ta‟lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o‟rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Ko‟p hollarda, o‟qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e‟tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma‟lumot bermaydilar. O‟qituvchining palapartish yo‟riqlar berish yondashuvining samaradorligi Bo‟lajak pedagoglar o‟quv faoliyatini oshirishga yo‟naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash ko‟nikmasi bo‟yicha yo‟riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun o‟qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko‟nikmalarni samarali shakllantitrish yo‟llari bilan Bo‟lajak pedagoglarni tanishtirish, orqali Bo‟lajak pedagoglar o‟quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo‟naltirishi lozim”. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi o‟qituvchi va bo‟lajak pedagoglarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish to‟g‟risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: Bo‟lajak pedagoglar “Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o‟rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o‟zi nimaligini, uni qanday qo‟llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‟lishlari lozim”.