Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va ularning modellari. Reja



Yüklə 494,47 Kb.
tarix25.11.2023
ölçüsü494,47 Kb.
#134243
Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.



Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
Reja:
1. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Doiraviy aylanish va uning modellari.


Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.
I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tas-niflash koʻproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, I.t.ning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta I.t. boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi I.t. kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda I.t.ga texnologik va i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir karashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik I.t. lari borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xoʻjaligi; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.
E volyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an'anaviy iqtisodiyot, ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.An'anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urfodatlar, udumlarga, an'analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular an'analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu erda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. 1- bob “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar, ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga xos xususiyatlari, shuningndek, ijtimoiyiqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining amalga oshish xususiyatlari, mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.
2 bob “O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat. Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan bulib, iktisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi jarayonida O’zbekistonda mulkchilik munosbatlaridagi o’ziga xos xususiyatlar to’grisida to’xtanilgan.

K urs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildim.

Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: - tarixiy-formastion yondashuv;

- madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; - texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; - sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv.


Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formastion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.

Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasidagi bog`lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnikbuyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko’rsatkichidir.


Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg`unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperastiyalash, ishlab chiqarishning to’planishi va uyg`unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.


Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o’zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o’zaro aloqada bo’lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo’lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko’taradi. Ana shularning yig`indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o’ynaydi, o’zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formastiyani tashkil etadi
Bu erda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ikkinchidan, turli formastiyalarda o’ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formastiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan mehnat vositalarining tavsifidagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperastiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperastiya – bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. Kooperastiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg`i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g`ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi.
Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperastiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperastiyadagidek qo’l mehnatiga va qo’l mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor operastiyalarni bajarishga bog`lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o’zgarishlar ro’y beradi. XVIII asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat revolyustiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish v ujudga keldi.

Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperastiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi. Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o’zgarishlarga qarab R.Aron, Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga:


-industrlashgangungacha bo’lgan jamiyat,
-industrlashgan jamiyat,
-yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni tavsiya etadilar.
Bunda ular industrlashgangungacha bo’lgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida: aholining asosan qishloq xo’jaligi bilan bandligi; qo’l mehnatining hukmronligi;
v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar);
g) natural xo’jalikning hukmronligini ko’rsatadi.
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari deb: ishlab chiqarishning mashinalashganligi; sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko’payishi;
v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko’payishi va boshqalar.
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari:
xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi;
v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi;
g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qo’llanilishi;
d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur etkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo’llanilishi va boshqalar.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o’ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar tarkibining o’zgarishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga olib keladi. Lekin bu texnik o’zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo’lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning birgalikda olib, ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va ta’sir natijasida sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib o’rganadilar.
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib o’rganadilar.
Yüklə 494,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin