Mavzu: Ikki daryo oralig’ida Shumer- shahar davlatlarining paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy omillari


Akkadning yuksalishi. Shumer-akkad davlati



Yüklə 354,89 Kb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü354,89 Kb.
#127531
1   2   3   4   5   6   7
Shumer shahar davlatlari

1.2.Akkadning yuksalishi. Shumer-akkad davlati.
Dajla va Frot daryolarining o’rta va quyi oqimidagi mesopotamiya qadimgi sharqning madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Mesopotamiya ba’zan ,,tamaddun beshigi “ deb ataladi, bunga sabab qadimda bu mintaqada Shumer,Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari mavjud bo’lganligidir. Qadimgi Mesopotamiya bugungi kunda Tigr va Yevfrat(Dajla va Frot) daryolari orasidagi asosan hozirgi Iroq Respublikasi hamda, Suriyaning shimoliy-sharqiy qismi, janubiy- sharqiy Turkiya va g’arbiy Eron hududlarida joylashgan.Bu hudud qadimdan qulay geografik hududda ya’ni, Osiyoni Yevropa va Afika bilan bog’lovchi yo’llar kesishgan joyda joylashgan. Dajla va Frot daryolari oralig`idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atamaning tarjimasi ikki daryolik yoki ikki daryo oralig`i degan ma’noni anglatadi.

2Urush paytida sardorlar saylangan bora –bora ularning doimiy hukmronligi natijasida ularni podsholar deb atashgan. Ular davlarni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo`shinlarga tayanib boshqarganlar. Mil. avv. II mingyillikda Shumer –Akkad davlati ko`chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanadi. Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. “Bobil” so`zining ma’nosi esa “xudolar davrozasi” degan manoni anglatadi.*Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtiradi. Xamurrapi davlatni boshqarish uchun o`z qonunlari to`plamini ishlab chiqadi. Qonunlar to`plamining matnlari mamlakatning barcha shaxarlarida o`rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo`yilgan. Xamurappi deyarli 30 yil davomida qo`shni mamlakatlarni o`ziga bo`ysindirish uchun tinimsiz kurash olib bordi. Xamurappi vafotidan so`ng qariyb 150 yil davomida Bobil poytaxt bo`lib qoldi. So`ng tog`lik Kassit qabilasi Bobilni bosib oldi. Ularning bosqini Bobilni zavol topishiga zamin yaratdi. Mil. avv. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi. Navoxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga chiqqan. Yangi Bobil podsholigiga Misr ham qo`shib olingan. U Iyerusalim (Quddus) ni vayron qilib tashlashadi. Navoxodonosor II turar joy va binolar qurilishiga pishgan g`isht ishlatishga farmon beradi.. Eronliklar lashkari
539 –yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Iskandar haydab chiqaradi. Undan so`ng Bobilni Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Quyosh yili davomiyliga Shumerlar tomonidan 365 kun, oy yili 354 kun etib beklgilangan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko`p zinali ibodatxonalar –zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mil. avv. III ming yillikdayoq bu yerda turli –tuman dori –darmonlarini tayyorlash bo`yicha dasturilamal tuzilgan edi. Olam yaratilishi bo`yicha eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. Ikkidaryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish kerak edi.Bu yerda odamlar qadimdan kanal va dambalar qurganlar.Mesopatamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas.Shimolda quruq subturopik zonada qishda ba`zida qor yog`adi,bahor va kuzda yomg`ir bo`ladi.Janub juda quruq va issiq iqlim3.Mesopotamiya qadim zamonlarda loy va tabiy asfaltga juda boy bo`lgan.Shimolda qo`rg`oshin,qalay,temir,tosh ham uchraydi.Mesopotamiya florasi juda kambag`al.Faqat shimolning tog`li rayonlarida har xil daraxtlar uchraydi.Qadimda daryo vodiysida tol daraxti ,janubda qamishning turli xillari bo`lgan.Xurmo palmasi iqtisodda muhim rol o`ynagan.Strabonning malumotlariga qaraganda uning 360-xil foydali xossasini bilganlar. Uzum, tariq, bodiring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat o`stirganlar.Qadimgi fauna boy bo`lgan.Daryolarda baliq ko`p bo`lgan. Bundan tashqari qushlar,eshak,cho`chqa,kiyik,quyon,tuyaqush,sherlar to`qay va sahrolarda mo`l-ko`l bo`lgan.Mesopotamiya qadimgi Yaqin sharqning keng bo`shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan,ko`pgina yo`llar G`arbdan sharqqa,Shimoldan Janubga shu yerdan o`tgan. Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy ) qabilalari yashagan.* Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.

Yüklə 354,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin