Mavzu: ikki pallali malyuskalar rеja: I. Kirish II. Asosiy qism


Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi



Yüklə 95 Kb.
səhifə6/13
tarix02.12.2023
ölçüsü95 Kb.
#137698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’-fayllar.org

Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi.
Qorin oyoqli mollyuskalar soni har xil manbalarda 40 000 dan 100 000 tagacha turi borligi qayd etilgan. Aslida ishonchli tarzda qayd etilgan turlar soni 60 000 atrofida. Qazilma gastropodalar 15 000 turni tashkil qiladi. Qorinoyoqlilar okean va dengizlardan tashqari turli chuchuk suvlarda va quruqlik muhitida yashashga moslashganligi bilan boshqa sinfga mansub mollyuskalardan farq qiladi.
Mazkur mollyuskalarning tanasi qorin tomonini egallagan targcharmsimon – yapaloqlashgan, katta muskulli lug‘ut oyoq; tananing oldingi qismidagi bosh; oyoqning yelka tomonida joylashgan turli shakldagi (ko‘pincha konussimon buralgan) qattiq chig‘onoqdan tuzilgan. Gavdaning oldingi qismida oyoq bilan tutashgan boshida bir juft uzun va bir juft kalta paypaslovchilari bo‘ladi. Uzun paypaslovchilarining uchida ko‘zlari bo‘ladi. Kaltasi hid va teri sezuv organi bo‘lib xizmat qiladi.
Boshning ostki qismida og‘iz, uning yon tomonida ikki juft qattiq o‘simta – jag‘lar joylshagan. Chig‘onog‘i turli rangda, turli shaklda bo‘lishi mumkin. Uning asosiy qismi fosfor qavatidan, ichki qismi sadaf qavatidan iborat. Chig‘onoq himoya vazifasini bajaradi.
Oldingi jabrali qorinoyoqli mollyuskalar tuzilishi. Bularning vakillari ko‘pchiligi dengizlarda tarqalgan. Bir qancha turlari (tirik tug‘uvchi vivipera va boshqalar) chuchuk suv havzalarida, hatto, nam – quruqlikda uchraydi.
Mantiya va mantiya bo‘shlig‘i - Mantiya tanadan hosil bo‘lgan maxsus iskanasimon o‘simta bo‘lib u faqat yelka tomonida (bir qancha turlarda orqa tomonda) tana bilan mantiya oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i hosil bo‘lgan.
Og‘iz bo‘shlig‘ining ostki qismidagi muskulli o‘simta (“til”) ning ustki sathi turli shaklidagi qirg‘ichsimon o‘simtalar – radula bilan qoplangan. Bu organ ovqatni olishga juda katta ahamiyatga ega. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlari suyuqligi ovqat hazm qilishga katta yordam beradi. Og‘izdan boshlangan qizilo‘ngach oshqozonga tutashgan. Oshqozonga “jigar” suyuqligi ajralib chiqadi. Ancha uzun ichakning oxirgi qismi anal teshigi orqali mantiya bo‘shlig‘ining yon tomoniga yoki bosh tomoniga ochilgan. Kattagina yurak yelka tomonidagi yurak oldi bo‘shlig‘ida (ikkilamchi tana bo‘shlig‘ida) da joylashgan. Yurakning asosiy qismi qorinchadan iborat bo‘lib bunga oksidlangan qon yurak bo‘lmasidan o‘tadi. Qorinchadan tarqalgan aorto tomirlari tuqima va organlar oraliqlariga oksidlangan qonni tarqatadi. Tanadan to‘plangan CO2 li qon esa maxsus vena tomirlari orqali jabralarga o‘tib, oksidlangach yurak bo‘lmachalariga o‘tadi.

Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin