Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə17/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
ilovepdf merged (2)

Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 daqiqai sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli xil harakatli oʻyinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida koʻtarilgan emotsional holatni pasaytiruvchi va saf mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi, lozim boʻlganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafariga joriy baho qoʻyiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars oʻtkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlangʻich sinflarda oʻtkazilgan mashgʻulotlardan soʻng oʻquvchilarini, oʻqituvchining oʻzi kiyinish xonasiga kuzatib qoʻyadi.

Turli xil yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini koʻrsatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida oʻtkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bogʻliq. Uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini oʻzgarishi oʻquvchilarni yoshiga bogʻliq. Boshlangʻich
sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlangʻich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda toʻrgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflashni talab qiladi.
Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va koʻrsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida oʻqituvchi tomonidan koʻp vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qism hisobidan uzunroq boʻlishining, sababi navbatdagi darsga oʻtishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi.
Oʻrta va yuqori sinfga oʻtgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki oʻquvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori boʻladi. Tushuntirish va koʻrsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida oʻquvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga koʻra tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilishi turlicha va oʻzlarining xususiyatlari bilan farqlanadi.



Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin