Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə22/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
ilovepdf merged (2)

Adabiyotlar roʻyxati


  1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, Toshkent sh., 2020-yil 23-sentabr, OʻRQ-637-son.

  2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA- PRESS. T. 2014 yil. 297 b.

  3. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 2004 г. 464 c.

  4. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991 г. 200 с.

  5. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с.

  6. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. Darslik. T.,- 2005 y. 300 b.
    1. Ma’ruza


Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya tizimi

Reja:





  1. Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan gimnastika.

  2. Jismoniy mashq daqiqalari.

  3. Katta tanaffusdagi oʻyinlar.

  4. Kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soatlari.

Kalit soʻzlar: “dars, darsdan tashqari shakllar”, jismoniy tarbiyaning darsdan va sinfdan tashqari shakllari, kirish gimnastikasi, jismoniy tarbiya daqiqalari, katta tanafusdagi oʻyinlar, kuni uzaytirilgan guruhlarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Umumta’lim maktablari kun tartibidagi jismoniy sogʻlomlashtirish tadbirlari, tashkiliy metodik koʻrsatmalar mazmuni, vazifasi va maqsadi jismoniy tarbiya boʻyicha oʻquv dasturida mkammal yoritilgan. Ularga quyidagilar kiradi:


Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi: oʻquvchilarning aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan oʻquv faoliyatlariga istak bildirishi hamda badan a’zolarida salbiy siljishlarni ogohlantirish, uzoq vaqt harakatsizlikda boʻlgan vaziyatni yoʻqotish. Maktabda darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika har kuni birinchi darsdan oldin oʻtkaziladi. Oʻquvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ularning sogʻligʻini mustahkamlash boʻlsa, ikkinchi tomondan, oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika oʻquvchilarning diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi.
Maktabga bolalarning ba’zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastika boshlanish paytiga etib keladilar. Oʻquvchilarning ba’zi birlari maktabga kelgunga qadar oʻynab, yugurishga ulgurgan boʻlsa, boshqalari kechikmaslik uchun
shoshilib kelishadi, ba’zi birlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya’ni hamma oʻquvchilarning ham dars boshlanishidan oldin diqqati bir yerga toʻplanmagan boʻladi. Shuning uchun ularning diqqatini bir joyga toʻplash va ularni aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashgʻulotdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarni tinchitadi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, boshqalarni tetiklashtiradi.
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda oʻtkazish shart. Maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bu tadbirni yaxshilab yoʻlga qoʻyish uchun oʻqituvchilar jamoasi oʻquvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yigʻilishida darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika maktab hayotiga tezroq singadi.
Mashgʻulotgacha gimnastika oʻtkazilishi maktab direktorining buyrugʻi bilan e’lon qilinsa, yanada yaxshi boʻladi, chunki bu holda oʻquvchilarning intizomi yaxshilanib, bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini oʻtkazish uchun eng yaxshi oʻquvchilar va faollarni oʻziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak.
Oʻquvchilarga mashqlar kompleksini jismoniy tarbiya darslarida oʻrgatish mumkin. Ular esa bu komplekslarni uyda oʻzlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan oʻquvchilar vrachning maslahi bilan uyda har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlari kompleksini bajarishlari lozim.
Koʻpchilik maktablarning tajribasiga asosan, oʻquvchilarda darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastikaga havas uygʻotish uchun sinflararo musobaqa tashkil etilib, maxsus salomatlik burchagi tuzish, unga natijalarni yozib borish shart. Buning uchun faollardan hakamlar tanlanib, ular har bir sinfning mashqlarni bajarishi, xulqi, faolligini baholaydilar. Oʻquvchilarning uyushqoqligi koʻp jihatdan ular bilan olib borilgan tayyorgarlik ishlariga bogʻliq boʻladi. Mashqlarni bajarish uchun har bir sinfga maydondan alohida doimiy joyni ajratib qoʻyish
lozim. Mashqlarni jamoatchi faolning navbatchi oʻqituvchiga raport berishidan boshlash kerak. Gimnastika mashqlari musiqa bilan oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻladi.
Darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika 8-10 daqiqa davom ettiriladi.
Kichik sinflarda mashqlarni bajarish vaqti 5-7 daqiqagach kamaytiriladi.
Har bir mashqlar kompleksini oʻquvchilarga 10-15 kun davomida bajartirish mumkin. Oʻquvchilarda mashq bajarishga boʻlgan havasni oshirish maqsadida har ikki-uch kundan keyin kompleksning biror qismini oʻzgartirib turish lozim. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikaning asosiy mazmunini umumrivojlantiruvchi mashqlar tashkil qilib, ular butun organizmni, barcha muskullarni rivojlantirishga qaratilgandir. Hamma oʻquvchilarni birvarakayiga joylashtirish imkoniga ega boʻlgan maktablarda bu mashqlarni yurish, yugurish harakatlari bilan toʻldirib borish tavsiya etiladi. Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan gimnastika mashqlarini ham muayyan bir izchillikda qoʻllash, ularning organizmga ta’sirini asta-sekin oshira borish kerak. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani yurishdan, muskullarga me’yorda ta’sir etadigan harakatlardan boshlash, birdan zoʻr berib bajariladigan mashqlarni qoʻllamaslik kerak.
Kompleks tanlashda barcha muskullarni rivojlantiradigan mashqlarga e’tibor beriladi. Ularni vaqti-vaqti bilan navbatlantirib turiladi.
Birinchisi - mashqlar qon aylanishini yaxshilaydigan, chuqur nafas olish va qaddi-qomatning toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan “kerishish” shaklidagi mashqlardan iboratdir;
Ikkinchisi - oyoqlarni bukish va qonning butun organizmga tekis tarqalish imkonini beradigan “choʻqqayish” shaklidagi mashqlar;
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchilari - gavda muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar. Ular qorin muskullarini mustahkamlaydi va ichki a’zolarning me’yor holatini, me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Bu mashqlar orqa muskullarni ham rivojlantirib, qomatni toʻgʻri shakllantiradi, bukurlikning oldini olib, gavdaning qovurgʻa muskullarini mustahkamlash imkonini beradi;
Oltinchisi - siltanish harakatlaridan iborat boʻlgan mashqlardir. Bunday mashqlar natijasida boʻgʻimlar chaqqon ishlaydi, bilak, oyoq va koʻkrak qafasi yaxshi rivojlanadi;
Yettinchichi - sakrash, yugurish va chaqqonlik bilan choʻqqayish mashqlari boʻlib, ular nafas olish va qon aylanishini kuchaytirib, barcha ichki a’zolarning faoliyatini faollashtiradi.
Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan gimnastika toʻrgan joyda yurish, chuqur nafas olish va toʻgʻri qomat his qildiruvchi mashqlar bilan tamomlanishi lozim.
Maydonda yoki bino ichida har bir sinfni bemalol joylashtirish imkoniyati boʻlgan paytlarda mashqlarni buyumlar bilan oʻtkazish tavsiya qilinadi. Buyumlarni maydonchaga oldindan shunday joylash kerakki, oʻquvchilar saf tortish yoki darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika mashqlarini bajarish uchun oʻz joylariga kelganlarida ularni qoʻllariga olish qulay boʻlsin.
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi: hordiqni chiqarish, oʻquvchilar ish qobiliyatini oshirish.
Ma’lumki, bola uzoq vaqt qimirlamasdan oʻtirishi natijasida, qoʻl va oyoq barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan ta’minlanishi susayadi. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishini yomonlashuvi esa bolalar asab hujayralarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir etadi, bu esa oʻz navbatida, bola diqqatligiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bola charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi, mashgʻulotlardan chetlashadi,diqqatsiz, har narsani unutadigan boʻlib qoladi, oʻquv materiallarini oʻzlashtira olmaydi. Aqliy va jismoniy yuklamani oʻz vaqtida almashtirib turish, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish faoliyatida muhim oʻrin tutadi.
Olimlarning kuzatishlaricha, birinchi sinf oʻquvchilari 15-20 daqiqa davomida diqqat bilan oʻtirishlari mumkin ekan. 35 daqiqali mashgʻulotdan keyin ularda ish qobiliyati keskin susayadi. Dars paytida koʻrish va eshitish organlari, tana,ayniqsa, orqa kurak qismi muskullari, qoʻl barmoqlari koʻproq yuklama oladi. Charchashning boshlangʻich holatida markaziy nerv tizimini qoʻzgʻatuvchi jarayonida oʻquvchilar xulqi tez oʻzgaradi: oʻqish faoliyatidan chetlashadilar,
oʻqituvchining tushuntirishini e’tiborsizlik bilan tinglaydilar, gaplashadilar, oʻrinlaridan turib ketadilar.
Mana shunday holatda 2-3 ta jismoniy mashqlarni toʻgʻri tanlash charchashni yoʻqotadi, oʻquvchilar diqqatini yaxshilaydi, ularning ishlash qobiliyatini oshiradi.
Jismoniy mashq daqiqalari oddiy, murakkab koordinatsiyani talab etmaydigan 2-3 ta mashqlar kompleksidan iborat boʻlib, ular qoʻllar, tana, bosh, oyoq uchun moʻljallangandir. Muskullarning katta qismini qamrab oladigan va asosan statik kuchlanishni yoʻqotadigan, nafas olishni faollashtiradigan, qon va limfa aylanishlarini kuchaytiradigan mashqlar kompleksi tanlab olinadi.
Jismoniy mashq daqiqalarini hamma darslarda oʻtkazish shart. Oʻquv faoliyatining turiga qarab mashqlar oʻtirgan yoki toʻrgan holda bajariladi. 1-2- daqiqagacha davom etadigan 3-4-mashqlarning har biri 4-6 marta takrorlanadi. Kompleksning 1-mashqi qoʻllarni harakatlantirgan holda turlicha dastlabki holatlardan choʻzilish, toʻgʻrilanish, hamma boʻgʻinlarda egilish mashqi boʻlishi kerak. 2-mashqi tanani oʻngga, chapga burish, oldinga va orqaga engashishdan,3- mashqi oyoqlarni bukish va toʻgʻrilash, tizzada bukilgan oyoqlarni koʻtarish, partada oʻtirgan holda turish va dastlabki holatga qaytish, toʻrgan holatdan oʻtirish va hakazolar. 4-mashqi esa tinchlantiruvchi va oddiy mashqlar boʻlishi kerak.
Mashqlar aniq, toʻgʻri, chiroyli, nafas olish ritmiga mos bajarilishi zarur. Jismoniy mashq daqiqalarini musiqa ohanglari ostida oʻtkazish ham qoʻllaniladi. Musiqa oʻquvchilarning dam olish samaradorligi uchun qoʻshimcha omil boʻlib, ularga ijobiy hissiyot beradi, harakat bilan bogʻlangan holda ish qobiliyatini oshirishning samarador vositasi boʻladi.
Katta tanaffusda oʻtiladigan oʻyinlar: Uning maqsadi: oʻquvchilar sogʻligʻini mustahkamlash va faol dam olish, chiniqish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan iboratdir.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin